Mazkur maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Maqolada ijtimoiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyatini sharhlab, uni tarixiy ong, fuqarolik pozitsiyasi va madaniy merosga munosabat orqali shakllantirish usullarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, dars jarayonlarida interaktiv metodlardan foydalanish, tarixiy voqealarga tanqidiy yondashuvni rivojlantirish va zamonaviy o‘quv materiallaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada inson tanasining eng katta organi — terining gistologik tuzilishi, uning asosiy qatlamlari (epidermis, dermis, gipodermis) va har bir qatlamning morfologik hamda funksional xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ayniqsa, terining himoya funksiyasi: fizik, mikrobiologik, immunologik va mexanik jihatlari chuqur yoritilgan. Maqola teri tuzilmasining mikroskopik ko‘rinishlari, ularning hujayraviy tarkibi va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganiladi. Mazkur tadqiqot gistologiya fani doirasida terining ko‘p funksiyali va ixtisoslashgan tuzilma ekanini ochib beradi hamda klinik amaliyotda uni to‘g‘ri baholash zarurligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan yangi avlod raqamli jinoyatlari va ularning inson huquqlariga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda kuzatilayotgan kiberzo’ravonlik, sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish, deepfake texnologiyalari orqali sha’ni va qadr-qimmatga tajovuz, onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying), va raqamli kuzatuv orqali shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz holatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinib, yangi turdagi raqamli jinoyatlarga qarshi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston transport tarmoqlari bilan bog‘liq holda motel va kichik mehmonxonalarning yangi dizayn tendensiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida transport infratuzilmasi, ekologik innovatsiyalar va milliy arxitektura elementlari asosida yangi loyihalarning istiqbollari o‘rganildi.