Ushbu maqolada Atoiy devonida kelgan etnonimlar tahlil etiladi. Devonda uchraydigan etnik nomlar turli xalqlar, qabilalar bilan bog`liq bo`lib, ularning leksik-semantik va badiiy-estetik vazifalari yoritilgan. Shoir ijodida etnonimlarning qo`llanish uslubiyati hamda o`ziga xosliklari ochib beriladi. Etnik birliklarning qo`llashdagi Atoiyning badiiy mahorati yoritiladi.
Ushbu maqola akademik litseylarda fizika fanini o‘qitishda kreativ yondashuvlardan foydalanishning samaradorligi va istiqbollarini atroflicha o‘rganadi. Kreativ yondashuvlar, xususan, muammolarga asoslangan ta’lim, ijodiy loyihalar, o‘yinlashtirilgan usullar va raqamli texnologiyalarni qo‘llash fizika fanini talabalar uchun yanada qiziqarli, tushunarli va amaliy jihatdan foydali qilishga xizmat qiladi. Maqolada ushbu yondashuvlarning o‘quv jarayoniga ta’siri, qo‘llanilish usullari va ularning talabalarning bilim olish darajasi hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kreativ usullar talabalarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi, ularning tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi, shuningdek, fan sohasida mustaqil izlanishlarga undaydi.
“Uyqu sifati va yoshlarning ruhiy holatiga ta'siri” nomli ushbu maqola yosh avlodning salomatligida uyquning muhim rolini tahlil qiladi. Zamonaviy dunyoda yoshlar duch kelayotgan uyqu buzilishlari, ularning psixologik holatiga, akademik ko'rsatkichlariga va ijtimoiy munosabatlariga qanday salbiy ta'sir ko'rsatishi atroflicha o'rganiladi. Maqola yetarli va sifatli uyquning depressiya, xavotir va stressni kamaytirishdagi ahamiyatini yoritib, yoshlarning ruhiy farovonligini oshirish bo'yicha.
Mazkur maqolada mahsulot sifati va xavfsizligi tushunchalari, ularning nazariy asoslari hamda amaliy ko‘rsatkichlari har tomonlama tahlil qilinadi. Sifat va xavfsizlik bugungi kundagi iste’molchi talablariga javob beruvchi mahsulot yaratishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada xalqaro va milliy standartlar, ISO tizimi, texnik reglamentlar hamda mahsulotni baholash mezonlari asosida sifat va xavfsizlikning o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlashda ishlab chiqaruvchining mas’uliyati, davlat nazorati, sertifikatlashtirish va iste’molchi huquqlari muhim o‘rin tutishi asoslanadi. Tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida mavjud qonunchilik va amaliy tajriba misolida tahlillar keltirilib, zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinadi.