Ushbu maqolada iqlim o’zgarishi va uning Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv resurslariga ta’siri xalqaro ilmiy faktlar va O’zbekiston statistikasi asosida yoritiladi. Sirdaryo, Amudaryo, Orol fojeasi, cho’llanish va suv tanqisligi xavfi hamda buning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida tahliliy fikrlar bildiriladi. Yechim sifatida ekologik siyosat, xalqaro hamkorlik va aholining ekologik ongini oshirish zarurligi ta’kidlanadi.
Mazkur maqolada ingliz tili fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ularning turlari va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari yoritilgan. Xususan, kommunikativ yondashuv, CLIL (Content and Language Integrated Learning), task-based learning, va raqamli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy metodlardan foydalanish o‘quvchilarning til kompetensiyasini oshirish, mustaqil fikrlash va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida innovatsion uslublarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
Мазкур мақолада талаба ёшларнинг шахсий камолотида тикланиш воситаларининг аҳамияти ва уларнинг педагогик имкониятлари таҳлил қилинади. Психологик, маънавий, жисмоний ва интеллектуал тикланиш воситалари орқали талабаларда мустақил фикрлаш, масъулият ҳисси ва руҳий барқарорликни шакллантиришнинг самарали йўллари кўрсатиб ўтилган. Шунингдек, олий таълим муассасаларида мазкур воситаларни тарбия жараёнига интеграция қилишга доир тавсиялар ҳам берилган.