O'ZBEK FRAZEMALARINING LINGVOKOGNITIV XUSUSIYATLARI.

Ushbu maqolada frazemalar va ularning madaniyat bilan aloqasi tushuntirib beriladi. Frazemalarning lingvokognitiv xususiyatlariga doir misollar beriladi.


22.12.2025 Volume Issue View more Download
БУХОРО ШАҲРИДАГИ КАЛОН МИНОРАСИНИНГ ҚУРИЛИШ ТАРИХИ, МЕЪМОРИЙ ЕЧИМИНИ ТАҲЛИЛИ

Maqolada Buxoro shahridagi Kalon minorasi qurilish tarixi tarixiy manballar asosida oʻrganilganlik darajasi, minoraning me'moriy-tarxiy va konstruktiv echimi tahlili natijalari keltirilgan.


22.12.2025 Volume Issue View more Download
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA OID QONUNCHILIK USTIDAN PROKUROR NAZORATI

Mazkur maqolada tadbirkorlikni rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashda prokuror nazoratining o‘rni, mazmuni va ahamiyati kompleks tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy bazaning takomillashuvi sharoitida prokuratura organlarining nazorat faoliyati huquqiy kafolat sifatida namoyon bo‘layotgani ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab beriladi.


22.12.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA EKOLOGIK TARBIYANING AHAMIYATI VA SAMARALI USULLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ekologik tarbiyaning ahamiyati hamda o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning samarali usullari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga bo‘lgan munosabati, ekologik bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi. Pedagogik kuzatuv, suhbat, savolnoma hamda tajriba-sinov metodlari asosida ekologik tarbiyaga yo‘naltirilgan interfaol mashg‘ulotlarning samaradorligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari ekologik tarbiyani dars va darsdan tashqari faoliyatlar orqali tizimli ravishda tashkil etish o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ongli, mas’uliyatli va ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Maqola materiallari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va pedagogika sohasidagi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.


20.12.2025 Volume Issue View more Download
“DIGITAL MINDFULNESS” VA “DIGITAL WELL-BEING” TAMOYILLARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu tadqiqot bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini digital mindfulness va digital well-being tamoyillari asosida rivojlantirish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda pedagogik jarayonda raqamli resurslardan ongli va maqsadli foydalanish, shuningdek, o‘qituvchining professional va shaxsiy hayotini muvozanatlash kabi jihatlar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, digital tamoyillarni tatbiq etish bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik samaradorlikni oshiradi, stressni kamaytiradi va innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish imkonini yaratadi. Tadqiqot shuningdek, metodik tavsiyalar ishlab chiqish va raqamli kompetensiya ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha strategiyalarni aniqlashga qaratilgan.


19.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor