ASINXRON GENERATORLI SHAMOL ELEKTR STANSIYASINING ENERGIYA SAMARADOR REJIMLARINI ISHLAB CHIQISH VA TADBIQ QILISH

Ushbu maqola Asinxron generator kuchlanishini avtomatik rostlash tizimi elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida asinxron generatorlarning chiqish kuchlanishini barqarorlashtirishga qaratilgan


06.01.2026 Volume Issue View more Download
ZARDUSHTIYLIKNIING BUGUNGI MANZARASI: QADIMIY E'TIQODNING ZAMONAVIY SHAKLLARI

Mazkur maqolada zardushtiylik dinining tarixiy ildizlari uning bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida saqlanib qolgan shakllari hamda zamonaviy jamiyatda ma'naviy ahamiyati tahlil qilinadi


06.01.2026 Volume Issue View more Download
BREND ISHONCHI VA EMOTSIONAL MARKETINGNING XARID QARORLARIGA TAʼSIRI

Ushbu maqola zamonaviy marketingning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan brend ishonchi va emotsional marketingning iste’molchilarning xarid qarorlariga taʼsirini ilmiy uslubda tahlil qiladi.


06.01.2026 Volume Issue View more Download
XALQ MAQOLLARIDA GENDER STERIOTIPLARI (O‘ZBEK VA INGLIZ TILI MISOLIDA)

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz xalq maqollarida mujassam bo‘lgan gender stereotiplari qiyosiy-lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda maqollar orqali erkak va ayol obrazlariga berilgan ijtimoiy baho, ularning jamiyatdagi mavqeyi hamda kutiladigan xulq-atvor me’yorlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi. Tahlil jarayonida erkaklar ko‘proq kuch, yetakchilik, qat’iyat va aql bilan bog‘langan holda ifodalansa, ayollar obrazi asosan oilaviy mas’uliyat, sabr-toqat, itoatkorlik va hissiylik kabi xususiyatlar orqali namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Shuningdek, maqolada gender stereotiplarining shakllanishida tarixiy tajriba, madaniy an’analar va ijtimoiy munosabatlarning o‘rni yoritiladi. O‘zbek va ingliz maqollarini qiyoslash orqali umumiy stereotip modellar bilan bir qatorda, har bir xalqning mentalitetiga xos bo‘lgan farqli jihatlar ham ochib beriladi. Tadqiqot davomida tavsifiy, semantik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar xalq og‘zaki ijodi orqali genderga oid tasavvurlar mustahkamlanishi va avlodlar ongida barqaror stereotiplar shakllanishini ko‘rsatadi.


03.01.2026 Volume Issue View more Download
XORAZM VILOYATIDA SANOAT SEKTORI RIVOJLANISHINING MINTAQAVIY IQTISODIYOT TARKIBIY O‘ZGARISHLARIGA TA’SIRI (2013–2023-YILLAR)

Mazkur maqolada 2013–2023-yillar davomida Xorazm viloyatida sanoat sektori rivojlanishining mintaqaviy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasiga ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida rasmiy statistik ma’lumotlar asosida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining uzoq muddatli dinamikasi, tumanlar kesimidagi hududiy tafovutlar hamda sanoat rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan. O‘tkazilgan tahlillar natijalari Xorazm viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmlarining barqaror o‘sish tendensiyasiga ega ekanini, biroq hududlar bo‘yicha rivojlanish darajasi notekisligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Urganch shahri va Tuproqqal’a tumani viloyat sanoat rivojlanishining yetakchi markazlari sifatida ajralib turadi. Shu bilan birga, ayrim tumanlarda sanoat ishlab chiqarish sur’atlarining nisbatan pastligi hududiy rivojlanish darajasidagi farqlarni saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari sanoat sektorining viloyat iqtisodiyotidagi ulushi ortib borayotganini va bu jarayon tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirayotganini tasdiqlaydi. Olingan xulosalar mintaqaviy iqtisodiy siyosatni takomillashtirish, hududlararo tafovutlarni kamaytirish va sanoat rivojlanishini muvozanatlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.


03.01.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor