Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot frazeologizmlarning madaniy kod sifatidagi funksiyasini, milliy mentalitetni ifodalashdagi rolini hamda ikkala tildagi frazeologik birliklarning semantik-struktur o'xshashlik va farqlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot lingvokulturologiya sohasidagi nazariy bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.
Ushbu tezis Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi ilmiy-tadqiqot institutining biologiya sektori tomonidan olib borilayotgan Orolbo‘yi hududida o‘suvchi yovvoyi o‘simliklarning ekologik ahamiyati, xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ularni tadqiq etish faoliyatining tarixi va istiqbollari yoritilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ekologik siyosatning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning huquqiy asoslari tizimli va ilmiy-tahliliy yondashuv asosida yoritilgan. Tadqiqotda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatda yuzaga kelgan asosiy ekologik muammolar, xususan Orol dengizi inqirozi, atmosfera havosining ifloslanishi, yer va suv resurslarining degradatsiyasi davlat siyosati kontekstida tahlil qilingan.