AKADEMIK ESHKAK ESHUVCHILARNING MASHG'ULOT VOSITA VA YUKLAMALARINI REJALASHTIRISHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI

Mazkur maqolada akademik eshkak eshuvchilarning mashgʻulot jarayonida qoʻllaniladigan mashgʻulot vositalari va yuklamalarni rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport mashgʻulotlari nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy ilmiy manbalar, yetakchi mutaxassislarning qarashlari hamda yuqori malakali eshkak eshuvchilar tayyorgarligi tajribasi oʻrganildi. Mashgʻulot yuklamalarining hajmi, intensivligi, yoʻnaltirilganligi va ularning sportchilarning funksional holatiga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, yillik, oylik va haftalik mashgʻulot rejalashtirishda yuklamalarni optimallashtirish masalalari yoritildi. Tadqiqot natijalari akademik eshkak eshuvchilarning sport mahoratini oshirish, jarohatlanish xavfini kamaytirish va musobaqa faoliyatida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.


24.01.2026 Volume Issue View more Download
BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISHNING BIOMEKANIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada baydarka va kanoeda eshkak eshish jarayonining biomekanik xususiyatlari yoritilgan. Unda eshkak eshish harakatining asosiy fazalari, mushaklar faoliyati, kuch uzatilishi hamda muvozanat va koordinatsiyaning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, to‘g‘ri biomekanik texnikaning sport samaradorligini oshirish va jarohatlarning oldini olishdagi roli ko‘rsatib berilgan.


24.01.2026 Volume Issue View more Download
AKADEMIK ESHKAK ESHISH SPORTIDA QO‘SHIMCHA QURILMALAR VA SPORT GADJETLARINING TUTGAN O‘RNI

Ushbu maqolada akademik eshkak eshish sportida zamonaviy qo‘shimcha qurilmalar va sport gadjetlaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Mashg‘ulot va musobaqa jarayonida qo‘llaniladigan elektron kuzatuv vositalari, yurak urish chastotasi monitorlari, GPS tizimlari, kuch va tezlik sensorlari sportchilarning texnik, jismoniy hamda funksional tayyorgarligini oshirishdagi o‘rni yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari sport gadjetlari mashg‘ulotlarni individuallashtirish, yuklamani optimallashtirish va sport natijalarini yaxshilashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.


24.01.2026 Volume Issue View more Download
YOSHLAR JINOYATCHILIGINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SABABLARI

Ushbu maqolada yoshlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik sabablari, kelib chiqish omillari va yakuni to‘g‘risidagi huquqiy asoslari va psixologik kelib chiqish sabablari ham ochiqlangan. Maqolaning asosiy maqsadi — yoshlarning jinoyatga moyilligiga sabab bo‘luvchi psixologik omillarni aniqlash, ularni tizimli tahlil qilish va ularning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


23.01.2026 Volume Issue View more Download
DASTURLASH FANINING SUNIY INTELEKT BILAN BOG’LIQLIGI

Ushbu maqolada dasturlash fanining sun’iy intellekt bilan uzviy va bevosita bog‘liqligi batafsil yoritilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari rivoji sharoitida sun’iy intellekt tizimlarini yaratish, joriy etish va rivojlantirish jarayonlarida dasturlash fanining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada dasturlash fanining nazariy asoslari, algoritmik fikrlash va ma’lumotlar tuzilmalari kabi tushunchalarning sun’iy intellekt tizimlaridagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, mashinaviy o‘rganish, chuqur o‘rganish va neyron tarmoqlar texnologiyalarining dasturlash bilan chambarchas bog‘liqligi tushuntirilgan.Bundan tashqari, Python, Java, C++ va R kabi zamonaviy dasturlash tillarining sun’iy intellekt loyihalarida qo‘llanilish sohalari ko‘rib chiqilgan hamda ularning talabalar uchun o‘rganishdagi qulay jihatlari yoritilgan. Maqolada dasturlashni o‘zlashtirish sun’iy intellekt sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari talabalar uchun dasturlash bilimlari sun’iy intellekt texnologiyalarini chuqur anglash, amaliy loyihalarda qo‘llash va kelajak kasbiy faoliyatda raqobatbardosh bo‘lish imkonini yaratishini ko‘rsatadi.


23.01.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor