Mazkur maqolada laboratoriya ishlarini differensiallashtirish asosida o‘quvchilarning individual ta’lim ehtiyojlarini qondirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda kimyo fanini o‘qitishda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishi va tayyorgarligini hisobga olgan holda tashkil etishning metodik asoslari tahlil qilingan. Differensial yondashuv orqali o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada laboratoriya topshiriqlarini murakkablik darajasiga ko‘ra tabaqalashtirish, individual va guruhiy ishlash shakllaridan foydalanish hamda baholash mezonlarini moslashtirish usullari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari laboratoriya ishlarining ta’limiy samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga hamda ularning individual ta’lim ehtiyojlarini samarali qondirishga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida sport sohasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va taraqqiyot istiqbollari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida sportni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, normativ-huquqiy asoslar, moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining takomillashuvi yoritib beriladi. Shuningdek, ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar va ayollar sportini qoʻllab-quvvatlash, professional sportchilar tayyorlash tizimi hamda xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekiston nufuzining oshib borishi tahlil etiladi. Maqolada sport sohasining jamiyat sogʻlomligi, yoshlar tarbiyasi va milliy gʻururni shakllantirishdagi oʻrni asoslab berilib, kelgusidagi rivojlanish yoʻnalishlari boʻyicha xulosalar ilgari suriladi.
Ushbu maqolada Ibn Ajrrum bilan bog‘liq al-Ajurrumiyya an’anasi va Ibn Hishom al-Ansoriyning Qotradun-nada wa ball as-sada asarida ism kategoriyasining talqini qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ismning belgilari, i‘rob bilan bog‘liqligi, ma‘rifa va nakira, mu‘rab va mabniy, sintaktik vazifalari hamda o‘qitish usuli solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, al-Ajurrumiyya boshlovchi o‘quvchi uchun qisqa va sodda grammatik tayanch yaratadi, Qotradun-nada esa shu tayanchni chuqurlashtirib, o‘rta bosqichdagi o‘quvchi uchun tahliliy va dalilliroq modelni beradi. Zamonaviy tadqiqotlarda al-Ajurrumiyya ayniqsa boshlovchi uchun zarur boblarni jamlagan qisqa matn sifatida, Qotradun-nada esa undan batafsilroq va kengroq qamrovli o‘rta darajadagi grammatika matni sifatida tavsiflanadi.
Mazkur maqolada oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifatini ta’minlash va boshqarish tizimining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Sifat menejmenti tizimining asosiy tamoyillari, jarayonli yondashuv, ichki nazorat mexanizmlari va standartlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari oziq-ovqat sanoatida sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada oliy ta‘lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida tanqidiy fikrlash va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda amaldagi EFL darsliklarida madaniy mazmun ko‘pincha statik faktlar shaklida berilishi, bu esa talabalarning tahliliy va reflektiv fikrlash ko‘nikmalarini cheklashi mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, an‘anaviy reproduktiv o‘qitish metodlari o‘rniga interaktiv, muammoli va kompetensiyaviy yondashuvlarni joriy etish zarurligi ta‘kidlanadi. Maqolada o‘quv dasturlari va darsliklarni qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda muqobil (formatif va autentik) baholash tizimini tatbiq etish orqali talabalarining tanqidiy fikrlash va madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish mumkinligi ilmiy asosda yoritiladi.