TALABALARDA BURCH HISSINI SHAKLLANTIRISH ORQALI AXLOQIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

Mazkur maqolada talabalarda burch hissini shakllantirish orqali axloqiy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda burch hissi shaxsning ichki motivatsion tuzilmasi, ijtimoiy mas’uliyatni anglash darajasi va axloqiy o‘zini nazorat qilish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq psixologik kategoriya sifatida yoritiladi. Shuningdek, axloqiy o‘zini anglash, refleksiya, qadriyatlarni ichkilashtirish va irodaviy sifatlarning rivojlanishi burch hissining shakllanishida asosiy determinant omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida muammoli vaziyatlar, axloqiy dilemmalar, jamoaviy faoliyat, sport mashg‘ulotlari va reflektiv tahlil metodlaridan foydalanish talabalarda ichki mas’uliyatni kuchaytirishi va barqaror axloqiy pozitsiyani shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy asoslanadi. Tadqiqot natijalari burch hissi va axloqiy sifatlar o‘rtasida ijobiy korrelyatsion bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi hamda pedagogik jarayonda integrativ yondashuvni qo‘llash samaradorligini tasdiqlaydi.


21.02.2026 Volume Issue View more Download
EKSTRAKRANIAL ARTERIYALARDA REKONSTRUKTIV OPERATSIYALARNING ZAMONAVIY USULLARI

Mikroorganizmlar ekologiyasi zamonaviy biologiya, tibbiyot va ekologiya fanlarining muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda atrof-muhit ifloslanishi, iqlim o'zgarishi, urbanizatsiya va antropogen omillarning kuchayishi mikroorganizmlar ekologiyasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda.


21.02.2026 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA SHAXS PSIXOLOGIYASI: RIVOJLANISH TARIXI, MADANIY OMILLAR VA ISTIQBOLLI TADQIQOT YO‘NALISHLARI

Ushbu maqola shaxs psixologiyasining O‘zbekistondagi rivojlanishini, madaniy ta’sirini, asosiy nazariyalarini va baholash usullarini o‘rganadi. Unda o‘zbek jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib, shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, O‘zbekistonda shaxs psixologiyasi bo‘yicha tadqiqotlarning kelajakdagi yo‘nalishlarini muhokama qiladi.


21.02.2026 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIY FAOLIYATNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY KAFOLATLARINI AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI

Maqola O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy faoliyatning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlarini amalga oshirish xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda mamlakatimiz va xorijiy konstitutsiyaviy huquq fanida shakllangan iqtisodiy faoliyatning konstitutsiyaviy kafolatlari tushunchasi hamda tasnifiga doir doktrinal yondashuvlar ochib beriladi. Iqtisodiy faoliyatning konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar shakllantirilgan.


20.02.2026 Volume Issue View more Download
ЁШЛАР ВА ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА ГИЁҲВАНДЛИК МОДДАЛАРИ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИНГ БАРВАҚТ ОЛДИНИ ОЛИШДА “ЭРТА ОГОҲЛАНТИРИШ ТИЗИМЛАРИ” (EWS) ВА РАҚАМЛИ ИННОВАЦИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ

Мазкур тадқиқотда ёшлар ва вояга етмаганлар ўртасида янги психофаол моддалар (NPS) ва "аптека наркоманияси" тарқалишининг барвақт олдини олишда “Эрта огоҳлантириш тизимлари” (EWS) ҳамда рақамли инновацияларнинг ўрни таҳлил қилинган. Тадқиқотда гиёҳвандлик жиноятларининг кибермаконга (Даркнет, Telegram) кўчиши ва синтетик наркотикларнинг ортиб бораётган хавфи турли криминологик назариялар ҳамда илғор халқаро тажрибалар (ЕИ, АҚШ, БМТ) асосида очиб берилган. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилигидаги мавжуд бўшлиқларни бартараф этиш мақсадида Миллий EWS тизимига ҳуқуқий мақом бериш, янги моддаларга нисбатан вақтинчалик тақиқ (мораторий) жорий этиш, кибермакондаги нарко-тарғиботни экстремал блоклаш ва жавобгарликни кучайтириш бўйича илмий асосланган қонун лойиҳалари таклиф этилган.


20.02.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor