IBN-AJJRUM SOXXAJIY VA IBN HISHOM AL-ANSORIY TA’LIMOTLARIDA ISM KATEGORIYASINING QIYOSIY TAHLILI

Ushbu maqolada Ibn Ajrrum bilan bog‘liq al-Ajurrumiyya an’anasi va Ibn Hishom al-Ansoriyning Qotradun-nada wa ball as-sada asarida ism kategoriyasining talqini qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ismning belgilari, i‘rob bilan bog‘liqligi, ma‘rifa va nakira, mu‘rab va mabniy, sintaktik vazifalari hamda o‘qitish usuli solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, al-Ajurrumiyya boshlovchi o‘quvchi uchun qisqa va sodda grammatik tayanch yaratadi, Qotradun-nada esa shu tayanchni chuqurlashtirib, o‘rta bosqichdagi o‘quvchi uchun tahliliy va dalilliroq modelni beradi. Zamonaviy tadqiqotlarda al-Ajurrumiyya ayniqsa boshlovchi uchun zarur boblarni jamlagan qisqa matn sifatida, Qotradun-nada esa undan batafsilroq va kengroq qamrovli o‘rta darajadagi grammatika matni sifatida tavsiflanadi.


19.03.2026 Volume Issue View more Download
MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORT SOHASINING RIVOJI VA TARAQQIYOTI

Mazkur maqolada mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida sport sohasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va taraqqiyot istiqbollari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida sportni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, normativ-huquqiy asoslar, moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining takomillashuvi yoritib beriladi. Shuningdek, ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar va ayollar sportini qoʻllab-quvvatlash, professional sportchilar tayyorlash tizimi hamda xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekiston nufuzining oshib borishi tahlil etiladi. Maqolada sport sohasining jamiyat sogʻlomligi, yoshlar tarbiyasi va milliy gʻururni shakllantirishdagi oʻrni asoslab berilib, kelgusidagi rivojlanish yoʻnalishlari boʻyicha xulosalar ilgari suriladi.


19.03.2026 Volume Issue View more Download
KIMYONI O’QITISH METODIKASI: NAZARIY ASOSLAR AMALIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada kimyo fanini o’qitish metodikasining asosiy tamoyillari, zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnalogiyalardan foydalanish imkoniyatlari hamda o’quvchilarda kimyoviy tafakkurni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi.


19.03.2026 Volume Issue View more Download
MUZEYLAR-MILLIY XOTIRA VA TARIXIY MEROS MASKANI

Ushbu maqolada muzeylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy xotira va tarixiy merosni asrashdagi ahamiyati, ularning ma’rifiy hamda madaniy tarbiyadagi vazifalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston muzeylarining bugungi rivojlanish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar asosida eksponatlarni saqlash va targ‘ib etish mexanizmlari tahlil etilgan. Maqolada muzeylarning yangi avlod yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi nomoddiy qadriyatlar manbai sifatidagi roli ham keng yoritilgan.


19.03.2026 Volume Issue View more Download
INGLIZ TILI DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Mazkur maqolada oliy ta‘lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida tanqidiy fikrlash va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda amaldagi EFL darsliklarida madaniy mazmun ko‘pincha statik faktlar shaklida berilishi, bu esa talabalarning tahliliy va reflektiv fikrlash ko‘nikmalarini cheklashi mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, an‘anaviy reproduktiv o‘qitish metodlari o‘rniga interaktiv, muammoli va kompetensiyaviy yondashuvlarni joriy etish zarurligi ta‘kidlanadi. Maqolada o‘quv dasturlari va darsliklarni qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda muqobil (formatif va autentik) baholash tizimini tatbiq etish orqali talabalarining tanqidiy fikrlash va madaniyatlararo muloqot kompetensiyalarini rivojlantirish mumkinligi ilmiy asosda yoritiladi.


19.03.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor