GLOBAL PANDEMIYALARNING TIL RIVOJIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada global pandemiyalarning til rivojiga ko‘rsatgan ta’siri lingvistik va ijtimoiy nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, pandemiyalar davrida yangi terminlar, iboralar va kommunikativ birliklarning paydo bo‘lishi tilning leksik qatlamini sezilarli darajada boyitadi. Xususan, COVID-19 pandemiyasi ta’sirida tibbiyot, ijtimoiy hayot va raqamli kommunikatsiya bilan bog‘liq ko‘plab yangi so‘zlar hamda o‘zlashmalar jahon tillari qatori o‘zbek tilida ham faol qo‘llanila boshladi. Shu bilan birga, masofaviy ta’lim, onlayn muloqot va ijtimoiy tarmoqlarning kengayishi natijasida nutqning yangi shakllari, qisqartmalar va internet diskursiga xos til birliklari rivojlandi. Tadqiqot pandemiyalarning til taraqqiyotiga ta’siri nafaqat lug‘aviy boyish, balki semantik o‘zgarishlar, kommunikativ me’yorlarning yangilanishi va raqamli til madaniyatining shakllanishida ham muhim omil ekanligini isbotlaydi. Global pandemiyalar sharoitida yuzaga kelgan lingvistik jarayonlarni o‘rganish tilning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va kelajakdagi kommunikativ ehtiyojlarni baholashda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.


13.06.2026 Volume Issue View more Download
DISSIRKULYATOR ENSEFALOPATIYADA KUZATILADIGAN DEPRESSIV HOLATLARNING ERTA DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

Ushbu maqolada dissirkulyator ensefalopatiya (DE) bilan kechuvchi bemorlarda kuzatiladigan depressiv holatlarning erta diagnostikasi va profilaktikasi masalalari yoritilgan. DE — miyaning surunkali qon ta’minoti yetishmovchiligi bilan bog‘liq neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, unda emotsional beqarorlik, apatiya, motivatsiya yo‘qolishi, ruhiy tushkunlik kabi depressiv simptomlar tez-tez uchraydi. Maqolada vaskulyar depressiya tushunchasi, uning patogenez asoslari, neyromediator tizimlaridagi disbalans hamda serebral mikrosirkulyatsiya buzilishlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Erta diagnostika uchun klinik-nevrologik baholash, psixometrik testlar (Beck, Hamilton, GDS), MRT/KT, Doppler ultratovush va laborator usullarni birgalikda qo‘llash tavsiya etiladi. Profilaktika qismida qon bosimi, glyukoza va lipid darajasini me’yorda ushlab turish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, psixoterapiya va nootrop vositalarni qo‘llashning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa sifatida, dissirkulyator ensefalopatiyada depressiv holatlarni erta aniqlash va kompleks profilaktika choralari bemorning hayot sifatini yaxshilaydi hamda kasallikning surunkalashuvini sekinlashtiradi degan ilmiy xulosa keltiriladi.


12.06.2026 Volume Issue View more Download
CHORRAHALARDA PIYODALARNING HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA JAHON TAJRIBASI

Avtomobil yo'llarida piyodalarning to’g’ri harakatlanishi va ularga bo‘lgan tasiri haqida gap boradi.


12.06.2026 Volume Issue View more Download
SUN’IY INSHOOTLAR ORALIQ QURILMALARINI YUK KO‘TARISH QOBILIYATINI HISOBLASH USULLARI

Avtomobil yo‘llarida ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarining oraliq qurilmalarni hisoblash dasturlarining ishlab chiqish algoritmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblash jarayonining butunligicha boshqaradigan bosh va keyingi ma’lumotlarni taqdim etish haqida so‘z boradi.


12.06.2026 Volume Issue View more Download
ADABIYOTSHUNOSLIKKA OID NAZARIY ADABIYOTLARDA QO‘RQUV MASALASI

Mazkur maqolada adabiyotshunoslikka oid nazariy adabiyotlarda qo‘rquv masalasining o‘rganilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda qo‘rquv tushunchasining estetik, psixoanalitik va strukturalistik nazariyalar doirasidagi talqinlari ko‘rib chiqiladi. Edmund Burke’ning ulug‘vorlik (sublim), Zigmund Freyd’ning g‘ayrioddiylik (unheimliche), Julia Kristeva’ning abjeksiya hamda Tsvetan Todorov’ning fantastik haqidagi qarashlari asosida qo‘rquvning badiiy matndagi vazifasi yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotshunosligida qo‘rquv va tahlika kategoriyalariga munosabat masalasi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari qo‘rquv adabiyot nazariyasida mustaqil estetik kategoriya sifatida shakllanganini asoslaydi.


12.06.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor