Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasidagi tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakatda olib borilayotgan huquqiy, tashkiliy va profilaktik chora-tadbirlar, xususan, diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan siyosat yoritiladi. Shuningdek, ekstremizmning oldini olishda taʼlim tizimi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni ham keng ochib beriladi.
Mazkur tadqiqotda ichki ishlar organlari faoliyatida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash yo‘nalishida uchrayotgan amaliy, huquqiy va tashkiliy-boshqaruv muammolari tizimli tahlil qilingan. Huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, kriminogen vaziyatni nazorat qilish va bo‘linmalararo (shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan) o‘zaro hamkorlikni ta'minlashdagi kamchiliklar o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni bartaraf etish, tizim faoliyatini raqamlashtirish va xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlar taklif etilgan.
Mazkur tadqiqotda jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi huquqiy baza va tashkiliy-institutsional mexanizmlar tizimli tahlil qilingan. Qonunchilik hujjatlarining zamonaviy ijtimoiy munosabatlarga mosligi, tizimning vertikal va gorizontal boshqaruv tuzilmalari, shuningdek, xodimlarning vakolat hamda majburiyatlari doirasi chuqur o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, sohaga oid huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish, institutsional tuzilmani optimallashtirish va xodimlarning huquqni qo‘llash amaliyotidagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.