Ushbu maqolda fransuz tilidagi o'limga oid paremiologik birliklarning kognitiv-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda fransuz maqollaridagi "mamot" (o'lim) konsepti makrokonseptlar tizimi asosida o'rganiladi. Muqarrarlik, hayot va o'lim zidligi, qo'rquv va psixologiya, jasorat va erkinlik, sabab va oqibat, axloq va hayot sifati, donolik va falsafa, vaqt va qarish, xotira va meros, tinchlik va yakun, biologik yakun, o'tish, yo'qotish va hissiyot, sharaf va qadriyat, tenglik va adolat kabi o'n besh makrokonsept aniqlangan. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, fransuz paremiologiyasida o'lim nafaqat biologik hodisa, balki falsafiy, axloqiy, ijtimoiy va madaniy kategoriya sifatida idrok etiladi.
Mazkur maqolada fransuz paremiologiyasida “mamot” konseptining grammatik modellari tahlil qilinadi. O‘lim tushunchasi insoniyat tarixidagi eng universal va falsafiy kategoriyalardan biri sifatida barcha madaniyatlarda uchraydi va har bir xalqda o‘ziga xos talqin qilinadi. Fransuz maqollarida “la mort”, “mourir”, “fermer les yeux”, “rendre l’âme”, “décéder”, “quitter ce monde”, “rejoindre les ancêtres” kabi birliklar orqali o‘lim konsepti ifodalanadi. Ushbu birliklarning grammatik tuzilmalari, semantik xususiyatlari hamda ularning xalq mentaliteti bilan bog‘liqligi o‘rganiladi. Tahlil natijasida “La mort + être”, “Fermer les yeux + c’est + infinitif”, “Mourir + complément”, “Quitter ce monde + c’est + infinitif” kabi modellar eng faol qo‘llanilishi aniqlangan. Ushbu modellar orqali o‘limning ontologik mohiyati, axloqiy-didaktik mazmuni va poetik-metaforik talqini yoritiladi. Maqola fransuz paremalarining lingvistik, madaniy va falsafiy ahamiyatini ochib beradi.
Мазкур мақолада яшил молиялаштириш тушунчаси, унинг иқтисодиётдаги ўрни ва барқарор ривожланишга таъсири назарий ва амалий жиҳатдан таҳлил қилинган. Шунингдек, экологик барқарорликни таъминлашда молиявий инструментларнинг аҳамияти, яшил инвестициялар ва уларнинг иқтисодий самарадорлиги ўрганилган. Тадқиқот давомида миллий ва халқаро тажрибалар, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ҳамда статистик маълумотлар таҳлил қилинди.
Mazkur maqolada mehnat bozorida pul munosabatlarining mohiyati, ish haqi tizimining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda xodimlarni rag‘batlantirishda motivatsiya mexanizmlarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ish haqi va motivatsiya tizimining samaradorligini oshirish yo‘llari yoritilgan.
Мақолада ўғрилик жиноятларида электрон из, кибериз ва рақамли мулк тушунчаларининг жиноят-ҳуқуқий аҳамияти таҳлил қилинган. Рақамли муҳитда ўғрилик предмети, объектив томони, яширинлик белгиси ва жиноятнинг тугалланиш пайтини аниқлашда электрон ҳамда киберизларнинг ўрни ёритилган. Шунингдек, рақамли мулкни мулкий қиймат ва истисно назорат объекти сифатида баҳолаш зарурлиги асослаб берилган.