Ushbu maqola "Zarbulmasal" asaridagi maqollarning lingvistik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada maqollarning strukturaviy, semantik va stilistik jihatlari tahlil qilinadi, ularning madaniy qadriyatlar va ijtimoiy me'yorlarni ifodalashdagi roli ko'rsatiladi. Maqollarda ishlatiladigan metafora, alliteratsiya va boshqa retorik vositalar orqali ularning ifodali va esda qolarli bo'lishi ta'kidlanadi. Shuningdek, maqollarda sintaksis va fonetika jihatlari o'rganilib, tilning fikr shakllantirishdagi va jamoaning madaniy identitetini aks ettirishdagi o'rni ochib beriladi. Ushbu tadqiqot an'anaviy og'zaki adabiyotda til va madaniyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni chuqurroq tushunishga hissa qo'shadi.
Bul maqalada Amiwdárya tómengi aǵımı suw háwizleriniń biri bolǵan Qaraqalpaaqstannıń arqa-shıǵıs tárepi aymaǵındaǵı Shıǵıs Qaratereń kólinde tarqalǵan dominant otxor balıq túri bolǵan Aq dóńmańlay (Hypothtalmichthys molitrix)balıǵınıń jasqa baylanıslı morfologik belgileri, ósiw hám rawajlanıw kórsetkishleri haqqında maǵlıwmatlar berilgen. Izertlew maqsetinde kólden uslanǵan balıq shabaqlarınıń hám hártúrli jastaǵı aq dóńmańla balıǵınıń dene uzınlıǵı, salmaǵı hám morfologik belgileri maksimal,minimal hám minimal belgiler menen salıstırmalı kórsetilgen bolıp tabıladı.
Ўткир миелобластли лейкозларни иммунофенотипик текшириш орқали миелоид қатор ҳужайраларнинг аниқ синфи ва турини аниқлашда, FAB таснифи бўйича, аниқ бир тури орқали ташхислаш ва даволаш тактикаси белгиланади. Иммунофенотипик усул орқали текширишни иқтисодий самарадорлигини яъна бир моҳияти энг кўп учрайдиган М1, М2, М3, М4 типидаги миелолейкозларни аниқ иммуномаркерлар панели орқали текшириш ва ташхислаш мумкинлиги, поликимётерапияни белгилашда асос бўлади. Бу эса, морфологик, цитологик ва иммуногистокимёвий текширишлардан кўра анча арзон ва самарали текшириш усули эканлигини тасдиқлайди.
Mazkur maqolada baydarka va kanoeda eshkak eshish jarayonining biomekanik xususiyatlari yoritilgan. Unda eshkak eshish harakatining asosiy fazalari, mushaklar faoliyati, kuch uzatilishi hamda muvozanat va koordinatsiyaning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, to‘g‘ri biomekanik texnikaning sport samaradorligini oshirish va jarohatlarning oldini olishdagi roli ko‘rsatib berilgan.
Ushbu maqolada akademik eshkak eshish sportida jamoaviy qayiqlar uchun ekipajni shakllantirishda sportchilarning morfologik va antropometrik ko‘rsatkichlarining ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida bo‘y uzunligi, tana vazni, tana massasi indeksi, qo‘l va oyoq uzunligi hamda mushak massasining sport natijalariga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar asosida ekipajni shakllantirishda individual yondashuvning samaradorligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish va sportchilarning tanlov tizimini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.