Ushbu maqolada frazeologik birliklarning lingvomadaniy jihatdan o‘rganilishi, ularning xalq madaniyati, tarixiy xotirasi va mentalitetini aks ettiruvchi muhim til birliklari sifatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Fransuz, o‘zbek va boshqa madaniyatlarda frazeologizmlarning ramziy ma’nosi, obrazlar tizimi, lingvomadaniy lakunalar, kognitiv metaforalar va konseptlar misollar yordamida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarni tarjima qilishdagi madaniy fonning ahamiyati ham yoritiladi. Tadqiqot lingvokulturologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari, globalizatsiya sharoitidagi o‘zgarishlar va milliy o‘zlikning til orqali saqlanishi masalalarini ham qamrab oladi.
Mazkur ilmiy maqolada paremiologiya fanining nazariy asoslari, uning tilshunoslik tizimidagi o‘rni hamda fransuz paremiologiyasining lingvokulturologik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda paremiologik birliklarning semantik, strukturaviy va pragmatik jihatlari o‘rganilib, semantik oppozitsiya tushunchasi strukturalizm va kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan izohlanadi. Ayniqsa, “hayot - mamot” oppozitsiyasi universal konseptual kategoriya sifatida chuqur tahlil qilinadi. Fransuz va o‘zbek paremiologiyasi qiyosiy asosda o‘rganilib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlanadi.
O‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Said Ahmad o‘zining yorqin hikoyalari, inson tabiatini chuqur psixologik mushohadalagani bilan mashhur. Mazkur maqolada Said Ahmadning ,,Sarob’’ hikoyasi va uning mavzusi, syujet o‘ziga xosligi, boshqa badiiy jihatlari haqida xulosalar beriladi. Jumladan, hayot va badiiy haqiqat masalalari to‘g‘risida mulohazalar bildiriladi.
В работе рассматриваются особенности сорбции уксусной и муравьиной кислот промышленными анионитами различных типов. Особое внимание уделено сравнительной эффективности сорбции ацетат- и формиат-ионов, а также специфике сорбции недиссоциированных форм кислот. Приведены практические примеры применения анионитов в процессах очистки и концентрирования органических кислот. Работа содержит обзор экспериментальных данных и рекомендации по оптимизации сорбционных процессов.
Ushbu maqolada o‘zbek nasrining yetuk namoyandasi Murod Muhammad Doʻst asarlarida qo‘llanilgan frazeologik birliklarning struktur-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida frazeologizmlarning tuzilishi, semantik qatlamlari, kontekstual funksiyalari hamda muallif uslubini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, yozuvchi ijodida frazeologik birliklarning transformatsiyasi va ularning badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy asosda ochib beriladi.