Ushbu maqola ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarda uchraydigan kasbiy zo‘riqish muammosi, uning kelib chiqish sabablari, bosqichlari va psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. O’qituvchilardagi kasbiy stress va emotsional kuyish sindromining mazmun-mohiyati yoritilib, ushbu jarayonlarni tushuntiruvchi nazariy yondashuvlar asos qilib olingan. Jumladan, stressning umumiy moslashuv sindromi nazariyasi muallifi Hans Selye hamda emotsional kuyish konsepsiyasini ishlab chiqqan Christina Maslach qarashlari tahlil etilgan. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xos psixologik jihatlari, doimiy muloqot, yuqori mas’uliyat, vaqt tanqisligi va mehnat yuklamasining ortishi kabi omillarning kasbiy zo‘riqishga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, pedagoglarda kasbiy zo‘riqishni oldini olishning psixologik, tashkiliy va individual usullari ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada Sifat menejment tizimida nomuvofiqliklarni aniqlash usullari korxonalarga joriy qilishning me’yoriy-huquqiy asoslari haqida so’z yuritiladi. Maqolada fikr va mulohazalar berib o’tilgan. maqola so’nggida xulosa va adabiyotlar keltirilgan.
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik amaliyotning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Pedagogik amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda pedagogik mahoratini rivojlantirishda asosiy bosqich hisoblanadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida amaliyot jarayonini takomillashtirish yo‘llari yoritiladi.
Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziy she’riyatida lirik qahramon nutqi gender yondashuv asosida tahlil qilindi. Erkak va ayol obrazlari nutqining tafovuti, xususan, ular qanday mavzularda farqli, qaysi mavzularda o‘xshash ekanligi, ulardagi o‘ziga xos poetik vositalar hamda ifoda usullari tahlil qilinishi natijasida Hamza lirikasida polifoniya-ko‘p ovozlilik hodisasi mavjudligi aniqlandi.