30.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur ilmiy maqolada ta’lim muassasalarida moddiy va moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda tejamkor texnologiyalarni joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, energiya tejamkor uskunalar, raqamli boshqaruv tizimlari hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarning ta’lim muassasalari faoliyatidagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, xarajatlarni qisqartirish va boshqaruv samaradorligini oshirish mumkinligi asoslab berilgan.
Keywords: ta’lim muassasasi, moddiy resurslar, moliyaviy boshqaruv, tejamkor texnologiyalar, innovatsion boshqaruv, energiya samaradorligi, raqamlashtirish, iqtisodiy samaradorlik.