Ushbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlarining antik davr (mil. avv. III — mil. V asrlar) xo‘jalik turmush tarzi va savdo aloqalarining antropologik tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda Sog‘diyona, Baqtriya, Xorazm va Parfiya hududlarida yashovchi etnoslarning chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik va xalqaro savdosiga asoslangan iqtisodiy yo’nalishlari qiyosiy-tipologik usul yordamida o‘rganilgan. Buyuk Ipak yo‘lining shakllanishi va mintaqaviy madaniy almashinuv jarayonlarida ushbu xalqlarning o‘rni aniqlandi. Arxeologik, etnografik va yozma manbalar tahlili asosida xulosa qilindi, antik davr Markaziy Osiyo xo‘jaligi ko’p markazli, ko‘p tarmoqli va mobil bo‘lib, uzoq hududlararo xo’jalik va madaniy aloqalar almashinuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy antropologiya, iqtisodiy etnologiya va qadimgi savdo tarixi sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu maqolada yoshlarning o‘quv faoliyatida motivatsiyaning o‘rni, uning mazmun-mohiyati va ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Motivatsiyaning ichki va tashqi turlari, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini shakllantiruvchi omillar hamda motivatsiyaning akademik muvaffaqiyat bilan bog‘liqligi yoritib berilgan. Shuningdek, oilaning, o‘qituvchining, tengdoshlar muhitining va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining motivatsiyaga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada A. Maslow, D. McClelland, L. Vygotskiy va boshqa olimlarning motivatsiyaga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, yoshlarning o‘quv faoliyatidagi motivatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Visseral semizlik bugungi kunda metabolik sindrom, 2-tur qandli diabet va yurak-qon tomir patologiyalarining rivojlanishida asosiy xavf omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Visseral yog‘ to‘qimasi oddiy energiya zaxirasi emas, balki faol endokrin organ bo‘lib, metabolik jarayonlarni boshqaruvchi biologik faol moddalarni ishlab chiqaradi. Ushbu maqolada visseral semizlik sharoitida insulin signalizatsiyasining buzilishi, adipokinlar muvozanatining o‘zgarishi, surunkali yallig‘lanish va lipid almashinuvining izdan chiqish mexanizmlari tahlil qilindi. Adabiyotlar asosida visseral yog‘ to‘qimasining metabolik sindrom patogenezidagi markaziy o‘rni yoritildi.
Polycystic Ovary Syndrome reproduktiv yoshdagi ayollarda keng tarqalgan endokrin-metabolik kasalliklardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda Vitamin D tanqisligi ushbu sindrom rivojlanishida muhim patogenetik omil sifatida qaralmoqda. Mazkur maqolada vitamin D ning insulin signalizatsiyasi, steroidogenez, follikulogenez, yallig‘lanish mediatorlari hamda gen ekspressiyasiga ta’siri bilan bog‘liq molekulyar mexanizmlar zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, vitamin D yetishmovchiligi insulinrezistentlikni kuchaytiradi, androgenlar sintezini oshiradi hamda ovulyator funksiyaning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, VDR genlari polimorfizmlarining PTTS rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Vitamin D ning immunomodulyator va antioksidant xususiyatlari surunkali yallig‘lanish hamda oksidlovchi stressni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan ma’lumotlar vitamin D metabolizmi PTTS patogenezining asosiy molekulyar bo‘g‘inlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
В статье проводится исчерпывающий концептуальный и формально-юридический анализ институциональных и правовых основы функционирования электронного правительства в Республике Узбекистан. Установлено, что на фоне масштабной цифровой трансформации государственного управления, инициированной Стратегией «Цифровой Узбекистан – 2030», действующий нормативный каркас, ядром которого выступает Закон Республики Узбекистан «Об электронном правительстве» (ЗРУ-395), демонстрирует признаки отставания от объективных потребностей технологического развития. Выявлены фундаментальные концептуальные проблемы правоприменения: отсутствие нормативного закрепления принципа «однократности ввода данных» (once-only), порождающее межведомственное дублирование; нарастающие правовые коллизии между императивными требованиями локализации персональных данных (в свете новейшего Закона № ЗРУ-1125 от 26.03.2026 г.) и архитектурой трансграничных облачных вычислений; а также правовой вакуум в сфере алгоритмического администрирования и использования систем искусственного интеллекта (ИИ) при оказании государственных услуг. Охарактеризованы и критически осмыслены передовые зарубежные практики — децентрализованная правовая модель обмена данными Эстонии (X-Road, Закон о публичной информации) и централизованная модель проактивного государственного управления Южной Кореи (Закон об электронном правительстве). Оценено соответствие национальной правовой базы международным стандартам интероперабельности и защиты данных. На основе проведенного исследования сформулированы развернутые, постатейные предложения по внесению изменений и дополнений в законодательство Республики Узбекистан, направленные на переход от парадигмы реактивного электронного документооборота к концепции проактивного цифрового государственного администрирования.