Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda o‘zbek xalq maqol va matallarining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maqol va matallar faqatgina bolalarga axloqiy tarbiya beribgina qolmay, ularning lug‘at boyligini oshirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish va nutq madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish va ularni nutq faoliyatida qo‘llash orqali samarali natijalarga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun dars jarayonida maqol va matallardan foydalanishning innovatsion usullari va metodlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliy qiymati shundaki, ular zamonaviy boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning nutq kompetensiyasini rivojlantirish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ushbu maqolada, turar joy binolarida gaz ballonlarining portlashi va yong'in xavfsizligi masalalari tahlil qilingan. Tabiiy gaz, asosan metandan iborat bo'lib, portlovchi va yonuvchi xususiyatlarga ega. Maqola gaz ballonlarining turlari, ularning xavfsiz foydalanish qoidalari, hamda gazning havo bilan aralashishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlar haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, gaz ballonlarining texnik xususiyatlari, saqlash shartlari va iste'molchilarning ehtiyotkorligi haqida tavsiyalar beriladi. Maqola, shuningdek, gaz ballonlarining to'g'ri foydalanilishi va texnik ko'rikdan o'tkazilishi, potentsial xavf holatlarini oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.
Mazkur maqolada Ernest Hemingueyning ijodida ekologik muammolarning aks ettirilishi tahlil qilinadi. Adibning “Chol va dengiz”, “Katta daryo ikki qismga bo‘linadi” asarlarida inson va tabiat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, tabiiy muhitning inson ruhiyatiga ta’siri hamda ekologik muammolarga bilvosita ishoralar yoritiladi. Heminguey tabiatni inson hayotining ajralmas qismi sifatida tasvirlab, uni ehtiyot qilish zarurligini ta’kidlaydi. Asarlarda baliq ovining nazoratsiz rivojlanishi, ovchilikning ekologiyaga ta’siri, tabiatning abadiyligi va insonning o‘tkinchiligi kabi muhim jihatlar ochib beriladi. Ushbu maqola Heminguey ijodidagi ekologik motivlarni tahlil qilish orqali adibning tabiatga bo‘lgan munosabatini chuqur anglashga yordam beradi.
Ushbu maqola fransuz tilidagi sodda predloglar va ularning qoʻllanilishi tahlil qilinadi. Predloglar soʻzlar orasidagi bogʻlanishlarni ta'minlab, gap ichida joy, vaqt, sabab, maqsad, vosita va egalik kabi turli munosabatlarni ifodalashda ishlatiladi. Maqolada eng koʻp ishlatiladigan predloglarning ma'nolari va ularning kontekstdagi ishlatilishi tushuntiriladi.