Ushbu maqolada jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilingan. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini mulkiy undiruvga oid qismlarini ijro etishda xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud samarali mexanizmlarni tahlil qilish va O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat.
Ushbu maqolada gonokokklarning patogenlik xususiyatlari, fermentlari va toksinlari haqida so‘z boradi. Gonokokk infektsiyasi bakterial antroponotik kasallik bo‘lib, asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi va siydik va reproduktiv tizimlarga ta’sir qiladi. Gonoreya juda yuqumli va har qanday jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin. Ammo, tarqalishiga qaramay (trichomoniasis va xlamidiyadan keyin uchinchi eng keng tarqalgan STI), kasallik davolanadi va juda kamdan-kam hollarda o'limga olib keladi. Gonokokklar odamda siydik-tanosil yoʻllari (soʻzaklar) va koʻz (blennoreyatsya) shilliq qavatining yiringli kasalliklarini qoʻzgʻatadi. Maqolaning mohiyatida gonokokklarning oldini olish va davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.
Bugungi kunda informatika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida interfaol usullar, elektron ta’lim vositalari, sun’iy intellekt va raqamli platformalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, masalan, muammoli ta’lim, loyihaviy va gamifikatsiya metodlari orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish masalalari yoritiladi. Maqola natijalari informatika darslarini yanada samarali tashkil etish va o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu maqolada bachadon miomalarini hozirgi kunda ommalashayotganligi haqida so‘z boradi. Bachadon miomasi – bu bachadonning biriktiruvchi to'qima va mushak tolalarining o'simtasimon o'sishi hisoblanadi. Miyomatoz tugunlarning rivojlanishi bachadonni olib tashlash zaruratiga olib kelishi mumkin. Mioma oyog'ining burilishi peritonitni keltirib chiqaradi, bu homiladorlik paytida bolani nobud bo'lishiga va onaning hayotiga tahdid solishiga olib keladi. Davolash amalga oshirilmagan bachadon miomasi sarkomaga aylanishi, buyraklarning normal faoliyatini buzishi va endometrioz dinamikasini tezlashtirishi mumkin. Miomani oldini olish uchun muntazam ginekologik nazorat, abortni minimallashtirish hamda jismoniy faollik kabi jarayonlarini amalga oshirish kerak. Maqolaning mohiyatida miomani oldini olish hamda ularni davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.