Mevalarning hosil yig‘im-terimidan keyingi davrda mikrobiologik buzilishi oziq-ovqat xavfsizligi va mahsulot sifatining pasayishiga olib keluvchi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa olma, nok va uzum kabi yuqori namlik hamda ozuqaviy moddalarga boy mevalar turli xil zamburug‘ va bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay substrat vazifasini bajaradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi olma, nok va uzum mevalarida uchraydigan asosiy chirish chaqiruvchi mikroorganizmlarni tahlil qilish hamda antagonist bakteriyalarning biologik nazoratdagi ahamiyatini baholashdan iborat.
Bul maqalada óspirimlik dáwirindegi shaxstıń jeke qáweterleniw mashqalası psixologiyalıq tárepten talqılanadı. Óspirimlerdegi qáweterleniw dárejesiniń artıp ketiwine tásir etiwshi ishki hám sırtqı faktorlar, sonday-aq, bul jaǵdaydıń oqıw processedine hám basqalar menen bolǵan qatnaslarına tásiri úyrenilgen. Maqalada qáweterleniwdiń aldın alıw hám onı korreksiyalaw boyınsha usınıslar berilgen.
Mаqоlаdа M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”asarida bаrqаrоr birikmаlаrning qo‘llаnilishi hаqidа fikr bildirilgаn. Shuningdеk, ibоrа, mаqоl vа hikmаtli so‘zlаrning lеksik yoki grаmmаtik jihаtdаn farqlanishi, tаsviriy mа’nоgа vа emоtsiоnаl bo‘yoqqа egа bo‘lgаn bаrqаrоr birikmаlаrdаn fоydаlаngаnligi, аyrim ibоrа vа mаqоllаr uslubiy bo‘yoqdоrligining kuchаytirilgаni kаbi mаsаlаlаr tаdqiq etilgаn.