This article examines innovative approaches to foreign language acquisition in the educational process. Special attention is given to the use of digital technologies, artificial intelligence, gamification, immersion methodology, and personalized learning programs. The advantages of online platforms, mobile applications, role‑playing games, language clubs, and Content and Language Integrated Learning (CLIL) are analyzed.
Ushbu maqolada huquqiy siyosat tushunchasi hamda uning tahlili, davlat huquqiy siyosatining transformatsiya tushunchasining mazmuni, mohiyati, sabablari hamda uning oqibatlari, transformatsiya jarayonining bosqichlari, shuningdek, davlat huquqiy siyosatining transformatsiyasi O‘zbekiston misolida tahlil qilinadi.
Qadimgi turkiy tillar, xususan XIII asrgacha bo‘lgan davr til materiallarini to‘plagan Sir Gerard Clauson o‘zining “An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish” nomli nodir asarida turkiy tillar etimologiyasiga yirik hissa qo‘shgan. Mazkur lug‘atda minglab fe’llar fonetik, morfologik va semantik mezonlar asosida izohlangan. Qadimiy matnlardagi shakllari, turli turkiy lahjalardagi variantlari, qo‘llanish konteksti, hosila so‘zlar yasalishi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu maqolada Sir Gerard Clausonning etimologik lugʻati asosida Chigʻatoy tilidagi ayrim fe’llarning kelib chiqishi, semantik o‘zgarishlari va boshqa turkiy tillardagi shakllari tahlil qilinadi. Etimologik izlanishlar orqali bu fe’llarning tarixiy-maʼnaviy qatlamlari yoritilib, ularning zamonaviy o‘zbek tilidagi izlari ko‘rsatiladi.
Mazkur maqolada IMEN (TRIZ – Ijodiy Muammolarni Echish Nazariyasi) metodlari asosida ta’limiy jarayonni samarali tashkil etish imkoniyatlari yoritilgan. TRIZ yondashuvi orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muammoga yondashuv ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga, ta’limiy faoliyatda noan’anaviy yondashuvlar, interfaol metodlar va didaktik mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, ularni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada amaliy misollar, muammo-vaziyatli topshiriqlar asosida TRIZ metodlarining afzalliklari tahlil etiladi.
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish motivatsiyasiga, mustaqil fikrlashiga va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, STEAM, interfaol metodlar, raqamli platformalar, elektron darsliklar, multimedia vositalari kabi vositalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli yoritiladi. Maqolada tajriba asosida olingan natijalar, amaliy misollar va innovatsion yondashuvlar asosida berilgan takliflar ham bayon etilgan.