Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirish mexanizmlarining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston global iqlim o‘zgarishiga moslashish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yangi moliyaviy vositalarni joriy etmoqda. Maqolada yashil obligatsiyalar, subsidiyalangan kreditlar, xalqaro grantlar va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali iqtisodiyotni "yashillashtirish" imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yashil moliyalashtirish loyihalari, ularning yalpi ichki mahsulotga, bandlik darajasiga va investitsiya muhiti sifatiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Shuningdek, mavjud institutsional muammolar va istiqbolli yechimlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Зараутсой қоятош суратлари атрофидаги сойлардан янги тош расмлар топилди. Бу тош суратлар бронза ва темир даври билан характерланади. Бу эса Зараутсой қоятош суратларни қадимий эканлигидан далолат беради. Зараутсой қоятош суратлари Марказий Осиёнинг ибтидоий давр санъати тарихини ўрганишда муҳим манба бўлиб хизмат қилади.
Ushbu maqolada sutni qayta ishlash jarayonlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy texnologik yechimlar ko‘rib chiqiladi. Gigiyena talablariga rioya qilish, mikrobiologik xavflarni kamaytirish, ilg‘or avtomatlashtirilgan tizimlar, hamda HACCP tizimining joriy etilishi orqali xavfsizlikni oshirish usullari tahlil qilinadi.