Ushbu maqolada zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida markazlashtirilgan kirishni boshqarish tizimlarida TACACS+ va RADIUS protokollarining autentifikatsiya, avtorizatsiya va hisobga olish (AAA – Authentication, Authorization, Accounting) jarayonlaridagi o‘rni yoritiladi. Protokollarning texnik xususiyatlari, ishlash prinsiplari, afzalliklari va kamchiliklari taqqoslanadi hamda ularning tarmoq xavfsizligini ta’minlashdagi salohiyati tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Usmon Azim she’rlarining lisoniy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida shoirning leksik, grammatik va uslubiy vositalari, she’riy asarlarida qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalari o‘rganilgan. Tahlillar natijasida Usmon Azim she’rlarida milliy o‘zlikni ifodalovchi so‘z va iboralarning boy qo‘llanilganligi, ramziy ma’nolarning chuqurligi, fonetik-intonatsion vositalarning o‘ziga xosligi aniqlangan. Tadqiqot natijalarida shoirning o‘zbek she’riyatida innovatsion uslubiy yondashuvlari, til vositalarini qo‘llash mahorati va bu orqali milliy adabiy merosimizni boyitishdagi o‘rni ochib berilgan.
Ushbu maqolada tibbiyot, psixologiya sohalari bilan chambarchas bo‘liq bo‘lgan terapiyaning bebaho turi bo‘lmish musiqa terapiyasi haqida so‘z boradi. Musiqa terapiyasining insonning ruhiyatiga, ongiga, turmush tarziga, sog‘ligiga bevosita bog‘liqligi, foydasi, shuningdek buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning musiqa terapiyasi haqida, insonni musiqa bilan davolash, inson jismiga, ruhiga musiqaning ta‘siri haqidagi qimmatli fikrlari jamlangan, bu haqda ma‘lumotlar keltirilgan.
Maqola 1980–1990-yillarda Toshkent shahrining ijtimoiy hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlarni o‘rganadi. Ushbu davrda sobiq Sovet Ittifoqining siyosiy tizimidagi zaiflashuv va siyosiy ochiqlik natijasida poytaxtda milliy uyg‘onish, madaniyat va til masalalariga qiziqish oshdi. Toshkentda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy haqiqatni tiklash va mustaqil fikrlash g‘oyalari keng yoyildi. Maqolada ushbu jarayonlarning jamiyat hayotiga ta’siri, siyosiy faollik va madaniy-tarixiy jarayonlar tahlil qilinadi.
This article presents the possibilities of television in today's information age, proposals for its development, and television, as the most widely watched media, cannot lag behind other types of media, and TV does not lose its relevance when it adapts to the times.