Ushbu maqolada ajrashgan oilalardagi ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarning farzand psixologiyasiga ta’siri turli ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili orqali ajralishdan keyingi oilaviy muhitda farzandning hissiy-emotsional holatida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, psixologik bosimlar va moslashuv jarayonlari yoritilgan. Tahlil falsafiy, psixologik va etnopsixologik nuqtai nazardan olib borilgan. Maqolada milliy qadriyatlar kontekstida o‘zbek oilalarida ajrashuv holatining bolalarga ta’siri alohida ko‘rib chiqilgan.
Cho‘lponning "Oydin kechalarda" va "Qor qo‘ynida lola" hikoyalarida xalqimizning milliy urf-odatlari, qaynona-kelin munosabatlari, ayollarning jamiyatdagi o’rni, oiladagi mehr-oqibat va hurmat kabi qadriyatlar aks ettiriladi. Mustamlakachilik, ichkilikbozlik, axloqiy inqiroz fosh etilib, ijtimoiy muammolar ko‘tariladi. Adib hikoyalarida o’tmishdagi illatlarning inson taqdiriga bo’lgan salbiy ta’sirini ishonarli va hayotiy tasvirlaydi, mehr-oqibat, sabr-toqat va ma’suliyat tamoyillarini yuksak badiiy mahorat bilan ochib beradi. Adib hikoyada muammolarning kelib chiqish sabablarini ko’rsatish bilan birga uning oqibatidan to’g’ri xulosa chiqarishga chaqiradi. Tadqiqot natijasida Cho‘lpon hikoyalarining badiiy-estetik va ijtimoiy ahamiyati aniqlanadi. Syujet, badiiy vositalar va qahramonlarning ichki kechinmalari o‘rganiladi. Cho‘lpon hikoyalarida milliy qadriyatlarimizning aks etishi badiiy jihatdan chuqur, ramziy va turli qirralarda namoyon bo‘ladi.
Ushbu maqola “Fe’l” so‘z turkumi haqida bo‘lib, unda fe’lning asosiy belgilari, ma’nosi, shakllari va turlari haqida ma’lumot beriladi. Fe’l morfologiya bo‘limidagi eng katta so‘z turkumi hisoblanadi. Maqolada fe’lning zamon, shaxs-son; nisbat, ehtiyojsizlik, to‘liqlik va turlanish kabi muhim jihatlari yoritiladi. Fe’lning gapdagi markaziy o‘rni yoritilar ekan, voqelikni ifodalashdagi kuchi bilan birga uning sintaktik hamda leksikaviy jihatlarini tushunishga undaydi.
Shartnomaviy munosabatlar keng tarmoqli tushuncha bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar, subyektiv, obyektiv jihatlarga qarab turli xil ko‘rinishlarda tahlil qilinishi mumkin. Shu bilan birga yuqoridagilarni inobatga olib normativ jihatdan tartibga solinishi mumkin. Sport sohasida shartnomaviy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari, shu bilan birga ularning turlar, holati hamda boshqa bir qancha holatlarini tahlil qilish bilan bir sport sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning boshqa munosabatlardan farqli jihatlarini keltirish mumkin.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining holati va ularni takomillashtirish zarurati tahlil qilingan. NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning ko‘pligi, tarqoqligi va o‘zaro nomuvofiqligi ularning samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini asoslab berilgan. Shuningdek, NNTlarning tashkiliy-huquqiy shakllarini aniq belgilashdagi muammolar, yuridik terminlarning chalkashligi, ayrim shakllarning qonunchilikda noto‘g‘ri tasniflanishi kabi muhim masalalarga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot ishida xalqaro huquq tajribalariga asoslangan holda NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi yagona kodeks ishlab chiqish, “NNT to‘g‘risida”gi qonunga yangi modda va ta’riflar kiritish, shuningdek “NNT” atamasini “jamoat tashkilotlari” bilan almashtirish kabi takliflarni ilgari surilgan. Maqola NNTlar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga oid dolzarb ilmiy-amaliy masalalarni yoritadi.