This article examines the role of technology integration in modern language education. It reviews key strategies for effective digital pedagogy, including blended learning, flipped classrooms, and mobile-assisted language learning (MALL). The article also explores teacher readiness, digital equity, and instructional design principles for tech-enhanced classrooms. Challenges such as digital fatigue and unequal access are addressed, and recommendations for sustainable implementation are provided. The article concludes by emphasizing the role of reflective practice and continuous professional development in leveraging technology to improve language learning outcomes.
Ushbu maqolada O‘zbekistonning Parkent tumani mahalliy ijodkorlarining adabiy muhitni rivojlantirishdagi o‘rni va hissasi tahlil qilinadi. Parkent adabiyotining tarixiy va madaniy konteksti, ijodkorlarning ilmiy, badiiy, tarjimonlik, tanqidiy va pedagogik faoliyatlari batafsil yoritilgan.
Mazkur maqolada, Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani milliy chizg'ilar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Romanning asosiy mavzulari, syujeti, personajlari va til xususiyatlari orqali, uning milliy o'ziga xosligini, adabiy an'analar va zamonaviy ta'sirlar o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish maqsad qilindi. Ulugʻbek Hamdamning "Ota" romani o'zining milliylikni o'zida aks ettirgan hikoyasi orqali zamonamizning ijtimoiy va ma'naviy muammolarini yoritadi.
Maktab o‘quvchilarning chaqqonligini rivojlantirish uchun to‘p bilan maxsus mashqlarni ishlab chiqish va qo‘llash. O‘rta maktabyoshidagi voleybolchilarning ishlash ko‘rsatkichlari tadqiqotda aniqlash. Yosh sportchilarda chaqqonlikni rivojlantirish uchun murabbiylar o‘quv mashg‘ulotlari, o‘rtoqlik uchrashuvlari va shahar musobaqalaridan olingan ma’lumotlar asosida maxsus usullarni yaratadilar va ishlab chiqildi.
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Navoiy” taxallusining dunyo tillaridagi yozilishi, transliteratsiya va fonetik moslashuv jarayonlari tahlil etildi. Tadqiqot doirasida taxallusning arab va fors alifbosidagi shakllari, rus, ingliz, nemis va oʻzbek tillaridagi orfografik va bibliografik qiyoslari oʻrganildi. Xalqaro bibliografik tizimlarda (Library of Congress, Deutsche Nationalbibliothek, VIAF va boshqalarda) Navoiy taxallusining turlicha qayd etilishi uning ilmiy tadqiqotlarda identifikasiyasiga ta’sir koʻrsatishi qayd etildi. Maqolada transliteratsiyaning turli standartlari — ALA-LC, ISO 9, BGN/PCGN va milliy oʻzbek lotin alifbosi asosida taxallus shakllarining farqlari va ularning madaniy hamda adabiy qabul qilinishi tahlil qilindi. Shu bilan birga, transliterasiya va tarjima oʻrtasidagi farq, taxallusning semantik yuki va uning turkiy madaniy merosdagi ramziy ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Taxallusning xalqaro miqyosda yagona yozuv shaklida qayd etilishi zarurligini ilgari surilgan va uning bibliografik tizimlarda standartlashtirilishi yuzasidan takliflar berishga intilingan.