International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



MAKTABDA ICHKI BAHOLASH O'TKAZISHNING TA'LIM SIFATIGA TA'SIRI

Mamlakat iqtisodiy oʻsishi uchun oʻquvchilarga nafaqat maktabda toʻgʻri taʼlim berish, balki taʼlimda baholash va monitoringni toʻgʻri tashkil etish ham zarur. Shu nuqtayi nazardan, ushbu maqolada maktablarda ichki monitoring va baholash oʻtkazishning taʼlim sifatiga, oʻquvchilar oʻzlashtirishiga taʼsir darajasini aniqlash tadqiq etildi. Tadqiqotda maktab direktorlari va direktorlikka nomzod pedagoglardan iborat boʻlgan 106 nafar respondent ishtirokida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari va Oʻzbekistonlik oʻquvchilarning PISA –2022 tadqiqotidagi natijalari tahlil qilindi. Natijalari matematik-statistik tahlil metodidan foydalanilib, tahlil qilindi. Oʻzbekiston taʼlim kontekstida maktablarda taʼlim sifati boʻyicha ichki monitoring va baholash taʼlim sifatiga taʼsir qilishi, ichki monitoring va baholash oʻtkazish chastotasi taʼlim sifati darajasiga proporsional ekanligi aniqlandi.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
HOZIRGI ZAMON EKOLOGIK MUAMMOLARI

Mazkur maqolada ekologik muammolarning tarkib topishi hamda global ekologik muammolar va ularning oqibatlari haqida so’z boradi. Maqola davomida mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarga alohida to’xtalib o’tilgan.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
INTERNET TARMOG‘I ORQALI GIYOHVANDLIK VOSITALARI NOQONUNIY AYLANMASINI ANIQLASH VA FOSH ETISH

So‘nggi yillarda giyohvandlik vositalari savdosi shakllarining turli xillari paydo bo‘lmoqda va shunga bog‘liq ravishda internet tarmog‘idan anonim tarzda foydalanish uchun jinoyatchilar tomonidan har xil saytlar orqali fuqarolar ayniqsa yoshlarga ta’sir o‘tkazilib, giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi amalga oshirilmoqda. Mazkur maqolada internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu jinoyatlarni aniqlash va qarshi kurashishning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
BASQARIW DÁREJESIN ILIMIY DÁREJEDE RAWAJLANDIRIW

1. Basqarıw miynetiniń ilimiy-dóretiwshiligin shólkemlestiriw, bul processlerde basqarıw wazıypaları,Joybarlaw, shólkemlestiriw, qadaǵalaw faktorları haqqında sóz etilgen.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TIJORAT BANKLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining faoliyat samaradorligini oshirishning dolzarb jihatlari tahlil etiladi. Raqamli texnologiyalarni bank tizimiga joriy etish natijasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish sifati oshib borayotgani, mijozlarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayib borayotgani ta’kidlanadi. Maqolada, xususan, sun’iy intellekt, blokcheyn, moliyaviy texnologiyalar (fintex), bulutli xizmatlar va raqamli identifikatsiya kabi innovatsion vositalarning tijorat banklari faoliyatiga integratsiyasi ularning operatsion samaradorligini oshirishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani keng yoritilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiyaning banklarda risklarni boshqarish, mijozlar bilan individual aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xarajatlarni kamaytirish, shaffoflik va ishonchlilikni oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif raqamli iqtisodiyot sharoitida banklar oldida turgan yangi chaqiriqlar va imkoniyatlarni ko‘rsatib, ularni samarali boshqarish bo‘yicha strategik taklif va amaliy tavsiyalarni ilgari suradi. Maqola natijalari iqtisodiy siyosat yurituvchi tashkilotlar, tijorat banklari menejmenti va ilmiy doiralar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


04.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor