International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



PERSONAL PRONOUNS AS A MEANS OF EXPRESSING THE CATEGORY OF RESPECT (in French language material)

This article examines the linguistic and cultural aspects of expressing respect in the French language, particularly through personal pronouns. It highlights the roles of "vous" and "tu" in formal and informal communication, illustrating their significance in social interactions. Additionally, the study explores how French fairy tales reflect respect through honorifics and pronoun usage, shaping the etiquette of dialogue. The findings emphasize the importance of these linguistic elements in maintaining politeness and hierarchical distinctions within conversations.


29.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
INGLIZ, O‘ZBEK VA NEMIS TILLARI ILK DAVRLARI FONOLOGIYASINING FARQLARI VA UMUMIY XUSUSIYATLARINING DIAXRONIK TAHLILI

Mazkur maqolada O’zbek, Ingliz va Nemis tillarining nazariy fonologiya sohasining kelib chiqishi tarixi ilk bosqichidagi umumiy va o’ziga hos jihatlari yuqoridagi tillar doirasida qiyosiy tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotni olib borishda tipologik va chog’ishtirma metodlardan foydalanildi. Unda Eski ingliz va qadimgi yuqori nemistillari, rivojlanish davridagi katta farqqa qaramay, fonologik sathi bir-biriga o’xshashligi, qadimgi turkiy til esa so’z urg’usining beqarorligi bilan farqlanishi o’rganildi. Tillarni diaxronik fonologiyasini qiyoslashga qaratilgan izlanishlar najtijasida tilshunoslar va o’quvchilarga turli fonologik qoidalarga ega tillarni o’rganish yoki tarjima qilishdagi qiyinchiliklarni tushunishi yanada osonlashadi.


29.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
INSON HUQUQLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYASI

Ushbu maqolada inson huuquqlari tushunchasi, uning jamiyatdagi ahamiyati, shakllanish tarixi va zamonaviy hayotda amalga oshirilayotgan tamoyillar haqida so’z boradi. Shuningdek, inson huquqlari butun insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o’ziga jamlagan keng qamrovli tushuncha ekanligi atroflicha yoritib o’tilgan. Maqola davomida inson huquqlari haqidagi sharq mutaffakir olimlarning qarashlari va fikirlari haqida alohida to’xtalib o’tilgan.


29.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
SALJUQIYLAR DAVLATINING BOSHQARUV TIZIMI VA DAVLAT LAVOZIMLARI

Ushbu maqolada Saljuqiylar davlatining ma’muriy boshqaruvi, undagi davlat lavozimlari va ularning vazifalari yoritildi. Maqolada O‘rta asrlarda faoliyat yuritgan ushbu davlatning devon va boshqaruv tizimi va dargohda faoliyat ko‘rsatgan davlat lavozimlari ularning vazifalari haqida ma’lumotlar ochib berildi.


28.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM ETIKASINING O‘RNI

Mazkur maqolada turizm etikasi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Turizm etikasi — bu sayyohlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mahalliy aholi va ekologik muhit o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar majmui bo‘lib, u o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik, madaniyatlararo muloqot va adolat prinsiplariga asoslanadi. Maqolada turizmda etik qadriyatlarning sayyohlar va mezbonlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarga, xizmat sifati va mamlakatning xalqaro imijiga ta’siri alohida ta’kidlangan. Ushbu maqolada muallif tomonidan tarixiy va madaniy meros ob’ektlariga nisbatan ehtiyotkorlik, ekologik barqarorlikka e’tibor, xizmat ko‘rsatishdagi madaniyat va mehmondo‘stlik kabi omillar barqaror turizm asosini tashkil etuvchi mezonlar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, etika va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik, yosh avlodni etik ong asosida tarbiyalash, ta’lim tizimiga etik me’yorlarni kiritish zaruriyati ham tahlil etilgan. Maqola natijasida, turizmda etik yondashuv nafaqat axloqiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ham rivojlanishning muhim omili ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi.


28.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor