Ushbu ilmiy maqolada davlat xaridlari tizimida korrupsion xavflarni kamaytirishda elektron platformalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi hukumat qarori hamda Prezidentning korrupsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirishga doir farmon va qarorlari asosida elektron xarid mexanizmlarining huquqiy asoslari yoritiladi. Maqolada elektron do‘kon, auksion, tanlov, tender va maxsus axborot portali kabi raqamli vositalarning ochiqlik, shaffoflik, raqobat, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tahlil natijasida elektron platformalar inson omilini qisqartirish, qaror qabul qilish jarayonini izchil qayd etish, shikoyatlarni elektron ko‘rib chiqish, affillanganlikni aniqlash va ma’lumotlarni ommaga ochiq e’lon qilish orqali korrupsiyaning oldini olishda samarali institutsional mexanizm ekanligi xulosa qilinadi.
Mazkur tadqiqot ishida oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt narxlarining shakllanish jarayoni hamda uning ta’lim xizmatlari tannarxi bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida oliy ta’lim xizmatining iqtisodiy mohiyati, kontrakt tizimining ahamiyati hamda ta’lim xizmatlari tannarxini shakllantiruvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek, kontrakt narxlarini belgilash jarayoniga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar va ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlarini iqtisodiy jihatdan asosli shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari tannarxini hisoblashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada Buxoro amirligida mavjud bo‘lgan yer munosabatlari va soliq tizimining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yer egaligining shakllari, jumladan amlok, mulk va vaqf yerlari, ularning boshqaruv mexanizmlari hamda dehqonlar va davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yoritib beriladi. Shuningdek, soliqlarning turlari, ularning yig‘ilish tartibi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri tarixiy manbalar asosida ochib beriladi. Maqola Buxoro amirligining agrar tizimi va fiskal siyosatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining islom dini ta’limoti asosida inson kamoloti borasidagi g‘oyalari tadqiq etilgan. Xususan, islomiy sifatlar va axloqiy mezonlarning shaxs ma’naviy yuksalishidagi roli qiyosiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
В статье представлен сравнительный анализ институциональных моделей венчурного финансирования в Республике Узбекистан и в ряде зарубежных стран, включая США и Израиль. Рассматриваются особенности становления венчурных рынков, роль государства, а также степень участия частного капитала в инвестиционных процессах. Отдельное внимание уделено текущим реформам в Узбекистане, связанным с внедрением модели «фонд фондов» и расширением инструментов государственной поддержки инновационных проектов. В результате проведённого анализа выявлены ключевые ограничения национальной модели, в числе которых — низкая активность частного сектора и дефицит проектов на стадии роста (Series A и выше), при том что большинство инициатив находятся на ранней (early stage) стадии развития. На этой основе предложены направления формирования более устойчивой системы венчурного финансирования.