Ushbu ishda ortiqcha vazn va semizlikning inson salomatligiga salbiy ta'siri, shuningdek, u bilan bogʻliq bo‘lgan turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet (2-tur), gipertoniya, jigar yogʻlanishi, bo‘g‘imlar og‘rishi kabi kasalliklarning rivojlanishida ortiqcha vaznning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, ortiqcha vaznga olib keluvchi omillar – noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi, genetik moyillik va psixologik holat haqida ham so‘z yuritilgan. Ishda ushbu muammoni bartaraf etish yo‘llari, jumladan, sog‘lom turmush tarzi, ovqatlanish tartibini o‘zgartirish, jismoniy mashqlar va profilaktika choralarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot keng jamoatchilik, tibbiyot mutaxassislari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi shaxslar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Mazkur ishda Temuriylar davrida tibbiyot sohasining taraqqiyoti, ilmiy an’analari va mashhur tabiblar faoliyati yoritilgan. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining davomchilari, Husayn Boyqaro davridagi ilmiy muhit, shuningdek, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning tibbiyotga bo‘lgan e’tibori tahlil qilingan. Temuriylar davrida dorixonalar, shifoxonalar va ilmiy markazlar faoliyati, o‘sha davrdagi kasalliklarni davolash usullari hamda tibbiy adabiyotlarning yaratilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ish tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tibbiyot fanining rivojlanish bosqichlarini o‘rganishga qaratilgan.
Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan "Mahalla yettiligi" va "Hokim yordamchilari" instituti tahlil qilinadi. Maqolada ularning tashkil etilish sabablari, huquqiy asoslari, asosiy vazifalari va amalga oshirgan ishlari batafsil yoritiladi. Shuningdek, tizim joriy etilgach, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Maqola sohaga doir qonunchilik hujjatlariga tayangan holda yozilgan bo‘lib, amaliy natijalar asosida baholashga harakat qilinadi.
Mazkur maqolada shaharlarda yuzaga kelayotgan mikroiqlim o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq ekologik muammolar muhokama qilinadi. Asosiy e’tibor muhandislik asosidagi yechimlarga — yashil tomlar, aqlli ventilyatsiya tizimlari, aerodinamik loyihalash, suvni qayta aylantirish tizimlari kabi yondashuvlarga qaratilgan. Shahar iqlimini nazorat qilish orqali ekologik barqarorlikka erishish yo‘llari tahlil qilinadi.