Musiqa ta’limi o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv davrida xorijiy ta’lim texnologiyalarini musiqa darslariga tatbiq etish samaradorlikni oshiradi, o‘quvchilarda musiqiy idrokni chuqurlashtiradi va ularning ijodiy faolligini rag‘batlantiradi. Xususan, Orff texnologiyasi, Kodaly metodi, Dalcroze evritmika tizimi hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish maktab darslarida musiqani o‘rgatishning innovatsion yo‘nalishlarini belgilaydi. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarni nafaqat milliy musiqiy merosni, balki jahon musiqa madaniyatini ham o‘zlashtirishga undaydi. Natijada, o‘quvchi shaxsida musiqaga bo‘lgan qiziqish, emotsional sezgirlik va kreativ tafakkur rivojlanadi.
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompetentligining muammolari va ta'limni tashkil etishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. O'qituvchining malakasi, bilim darajasi va pedagogik uslublari ta'lim jarayonida qanday rol o'ynashi ko'rsatilib, ta'lim sifatini oshirish uchun zaruriy choralar taklif etiladi.
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Buxoro viloyatida oliy ta’limning o‘rni va roli masalalari 1991-2015 yillar kesimida tahlil qilinadi. Shuningdek maqolada Buxoro viloyati misolida oliy ta’lim masalalari atroflicha bayon etilibgan. Bundan tashqari maqolada Buxorodagi oliy o‘quv yurtlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimining mazmun-mohiyati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda xotin-qizlar bandligi va daromadliligini ta’minlashdagi o‘rni keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, ushbu tizim orqali ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari aniqlanib, ularning hayotiy muammolarini hal etish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat bozoriga jalb etish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish orqali iqtisodiy faolligini oshirish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi.
Ushbu maqolada xalqaro loyihalar jarayonida uchraydigan til to‘siqlari va ularni bartaraf etishda ingliz tilining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Xalqaro hamkorlikda samarali muloqot tashkil etish jarayoni mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarni jalb etishi va global hamkorlikni kengaytirish uchun muhim omil sanaladi. Xususan, BMT, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi va Osiyo Taraqqiyot Banki kabi yirik tashkilotlar loyihalarida ingliz tilidan foydalanish xalqaro muloqotning asosiy vositasiga aylangan. Maqolada ingliz tilini o‘qitish orqali til to‘siqlarini kamaytirish, mutaxassislarning kommunikativ kompetensiyasini oshirish hamda madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari yoritiladi.