Ushbu maqolada turkologiyaning dolzarb mavzularidan biri, xususan, hozirgi qoraqalpoq tilshunosligidagi etnografizmlar muhokama qilinadi. Ayniqsa, bu yo‘nalishda chuqur va har tomonlama tadqiqot olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada qoraqalpoq adabiyotining yetuk vakili, shoira G. Davletova ijodida uchraydigan etnografizmlar uslubiy jihatdan tahlili amalga oshirilgan.
Ushbu maqolada tarix fanining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tadbiqi ko‘rib chiqiladi. Tarixiy ma’lumotlarni raqamlashtirish, elektron arxivlar, virtual muzeylar va sun’iy intellekt asosidagi dasturlarning tarixshunoslikdagi roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola informatika vositalari yordamida tarixiy tadqiqotlar sifatining oshishi va ma’lumotlarni yanada interaktiv va oson tushunarli qilish imkoniyatlarini yoritadi. Shuningdek, texnologiyalardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu ish tarixshunoslik va axborot texnologiyalari sohalarining uyg‘unlashuvi kelajakda ilm-fan rivojida yangi istiqbollar ochishini ta’kidlaydi.
Mazkur maqolada maktab yoshidagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Bolalarning kuch, tezlik, chaqqonlik, bardoshlilik va moslashuvchanlik kabi asosiy jismoniy sifatlari har tomonlama tahlil qilinib, ularni rivojlantirishning samarali usullari, pedagogik yondashuvlar, sport o‘yinlari va texnologiyalar asosida tashkil etish yo‘llari bayon etilgan. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglarning hamkorligi, psixologik va ijtimoiy omillarning ahamiyati, jismoniy faollikning bolalar sog‘lig‘i va o‘quv muvaffaqiyatiga ta’siri ilmiy asoslangan holda ko‘rib chiqilgan. Maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg'onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiy bo'lib, shu davrda o'zbek xalqi ijtimoiy ongining uyg'onishida muhim rol o'ynadi. Yurtimizda birinchilar qatori yangicha ta'lim metodiga asoslangan jadid maktablarini ochdi. Behbudiy Turkistonning kelajagi onalar qo'lida ekanligi, ularning savodli bo'lmog'i lozimligi, yosh avlod onalar qo'lida tarbiya topishi haqidagi fikrlari ham tahsinga loyiq. Ijodkor "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalini tashkil etib, milliy jurnalistika rivojiga tamal toshini qo'yganlardan biri bo'ldi. Mahmudxo'ja Behbudiy pedagogik asarlarida ota-onalar mas'uliyati, farzandlar tarbiyasi, burch masalalari Qur'oni Karim va Hadisi Sharif singari muqaddas manbalar ko'rsatmalariga suyangan holda e'tirof etiladi.
Мазкур мақолада нотўлиқ оилаларда ўсган болаларда шахсий масъулият ва эмпатия ҳиссини шакллантириш масаласи ижтимоий-педагогик нуқтаи назардан таҳлил қилинган. Ота ёки онасиз муҳитда вояга етаётган болаларда руҳий ҳимоясизлик, ҳиссий номувозанатлик ва ижтимоий муносабатлардаги муаммолар кузатилиши таъкидланган. Шунингдек, мактаб, маҳалла, оммавий ахборот воситалари, болалар марказлари ва нодавлат ташкилотларнинг тарбиявий ролини кучайтириш орқали бундай болаларда шахсий камолотни таъминлаш механизмлари таклиф этилган. Хорижий тажрибаларга асосланиб, миллий шароитга мос амалий ечимлар баён этилган.