Ushbu maqolada atmosfera havosining ifloslanishi, uning asosiy manbalari va inson salomatligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari ilmiy asoslangan holda tahlil qilingan. Tadqiqotda sanoat korxonalari, transport vositalari, energetika sohasi va maishiy faoliyat natijasida yuzaga kelayotgan ifloslantiruvchi moddalarning ekologik tizimga ta’siri batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida atmosferaning ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar, Aralbo‘yi hududidagi ekologik vaziyat, havoning sifatini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati va amalga oshirilayotgan zamonaviy ekologik loyihalar tahlil qilingan. Maqola atmosfera ifloslanishini kamaytirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror rivojlanishga erishish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
В статье рассматриваются основные грамматические категории и особенности структурной организации английского глагола. Исследование опирается на аналитический, сопоставительный и контекстуальный методы. Особое внимание уделяется роли временно-видовых форм, механизмам образования залога, а также функционированию неличных форм глагола. Новизна работы заключается в комплексном авторском рассмотрении взаимодействия морфологической структуры глагола и его синтаксических функций с элементами английского оригинального анализа. Полученные результаты демонстрируют, что глагольная система английского языка обладает многоуровневым характером, сочетающим аналитические и частично синтетические элементы.
Ushbu maqolada temperament mavzusining dastlabgi ta’limoti va uning asoschisi Gippokratning qarashlari, temperament xususiyatlarini ilmiy izohlab bergan olim I.I.Pavlovning yondoshuvlari, temperamentning nerv-fiziologik va psixologik asoslari o’rtasidagi farqlar, uning biologik va neyrofiziologik mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy ilmiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Temperamentning shaxs rivojlanishi, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuv jarayonlariga ta’siri mavjud ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi.
Maqolada terrorizmga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari, yoshlarning bu jarayondagi o‘rni, ma’naviy immunitetni shakllantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalari tahlil qilingan. Terrorizmga qarshi kurashda mafkuraviy tarbiya, ta’lim tizimi va ijtimoiy ongning o‘rni yoritilgan.