Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarali choralariga bag'ishlangan. Yangilangan strategiyalar, institutsional o'zgarishlar, maktabgacha ta'limdan tortib umumiy va oliy ta'limgacha bo'lgan barcha darajalarda moliyalashtirish va o'qituvchilarni tayyorlashdagi o'zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Mualliflar Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi davlat siyosati, "Strategiya" va 2026-yilgacha rejalashtirilgan maqsadlar, shuningdek, GPE, UNICEF va Islom taraqqiyot banki (ISDB) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar - maktab infratuzilmasini rivojlantirish, yangi o'quv markazlarini tashkil etish, o'qituvchilarni tayyorlash va raqamli transformatsiyani ko'rib chiqadilar. Maqolada ta'lim sifatini va barqaror rivojlanishni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, istiqbolli natijalar va kelajakdagi muammolar ta'kidlangan.
Ushbu ilmiy ishda jinoiy javobgarlikni belgilash jarayonida shaxsning yoshi, ruhiy holati va ijtimoiy maqomini hisobga olishning huquqiy asoslari hamda ularning amaliy ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda voyaga yetmagan shaxslarning psixologik rivojlanish darajasi, ularning ijtimoiy tajribasining cheklanganligi va tarbiyaviy omillar tufayli jinoyat sodir etishdagi mas’uliyatini baholashning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Shaxsning ruhiy holati nuqtai nazaridan aqli noraso yoki vaqtincha ruhiy buzilish holatlarida sodir etilgan xatti-harakatlarning jinoiy oqibatlari, sud-psixiatriya ekspertizasining o‘rni va jinoiy javobgarlikdan ozod etish mezonlari ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy maqom masalasida esa shaxsning oilaviy ahvoli, kasbiy faoliyati, jamiyatdagi nufuzi, jinoyat sodir etilishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muhit va ijtimoiy rolning ahamiyati tahlil qilinadi. Ishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat kodeksi normalari, sud amaliyoti, xalqaro huquqiy standartlar hamda ilg‘or xorijiy tajribalar o‘zaro taqqoslanadi. Tadqiqot natijalari jinoiy javobgarlikni individuallashtirish, jazoni adolatli belgilash va insonparvarlik tamoyillarini kuchaytirishda muhim nazariy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
This article, discusses the issues of intercultural communication in teaching English. In the era of globalization, English language proficiency is becoming not just a tool for linguistic communication, but also a bridge for intercultural interaction. However, when teaching English, serious problems often arise specifically related to intercultural communication. These barriers can hinder not only language progress, but also the formation of full-fledged intercultural competence among students.
Maqolada axborot-kutubxonalarda innavatsiyon texnologiyalarning ahamiyati, elektron ma’lumotlar bazasi, elektron katologlar, virtual xizmatlar, elektron kutubxonalar tizmlari, sun’iy intelektning kutubxona faoliyatdagi o‘rni haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, sun’iy intellektning hozirgi kundagi ahamiyati, sun’iy intellektga asoslangan turli usullar haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Ушбу мақолада коррупцияга оид жиноятларни таснифлашнинг назарий-ҳуқуқий асослари, жиноят таркибининг элементларини аниқ белгилашнинг аҳамияти ҳамда миллий ва халқаро ёндашувлар ўртасидаги фарқлар таҳлил қилинган. Жиноят объектининг тўғри идентификацияси — коррупцион жиноятларни тўғри квалификация қилиш, ҳуқуқий аниқликни таъминлаш ва жиноятчиликка қарши самарали кураш механизмларини шакллантиришда ҳал қилувчи омил сифатида баҳоланган. Халқаро стандартлар, хусусан БМТ ва Европа Кенгаши Конвенцияларидаги объектга оид мезонлар миллий ҳуқуқ билан қиёсий ўрганилган. Мақолада маъмурий, квазикоррупцион ва оммавий коррупция жиноятларининг фарқлаш белгилари ҳам ёритилган.