Mazkur maqolada ta’limda interfaol metodlarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritilgan. Oʻqitishning zamonaviy metodlari asosida dars jarayonlarini tashkil etishning afzalliklari va natijalari bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda, interfaol metodlarni tasniflashda e’tiborga olinadigan jihatlar sanab o’tilgan va ushbu ta’lim metodlarining tasnifi keltirib oʻtilgan. Dars jarayonida ta’lim metodlarini tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida tushunchalar berilgan. Interfaol metodlarga misollar keltirilgan.
Ushbu maqolada mavhum qaynash qatlamida karbamitni quritish jarayonining texnologik tuzilishi, matematik modeli va dinamik xususiyatlari kompleks o‘rganildi. Jarayonning texnologik sxemasi asosida issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari tahlil qilinib, quritgichning ikki inertsiya bo‘g‘iniga ega nochiziqli dinamik tizim ekanligi aniqlandi. Massa va issiqlik balansi tenglamalariga tayangan holda quritish jarayonining matematik modeli ishlab chiqildi va uzatish funksiyasi identifikatsiyalandi. Boshqaruv tizimlarining samaradorligi MATLAB, Fuzzy Logic va MPC algoritmlari yordamida solishtirilib, MPC regulyatori eng yuqori aniqlik va energiya tejamkorlikni ta’minlashi isbotlandi. Modelning real texnologik ma’lumotlarga mosligi baholandi. Tadqiqot natijalari mavhum qaynash quritgichlarida karbamitni quritish jarayonini avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun ishonchli ilmiy asos yaratadi.
Ushbu maqolada bola huquqlarini himoya qilishda ota-onaning o’rni, uning mas’uliyati, davlat va jamiyatning bola huquqlarini himoya qilishdagi o’zaro munosabatlari tahlil qilinadi. Bola huquqlarini himoya qilishda davlat va jamiyatning balki ota-onaning ham o’rni ahamiyatga ega. Shu bois tadqiqotda bola huquqlarining himoya qilishning zamonaviy yondashuvlari va uning amaliyotdagi muammolari o’rganilgan. Ayniqsa, bola huquqlarini himoya qilishda xalqaro konvensiyalar, davlat va jamiyatning o’rni, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, qonuniylik, yashash, bilim olish, ism tanlash va boshqa huquqlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududidagi uran zaxiralari, ularning geologik tuzilishi, qazib olish texnologiyalari va iqtisodiy ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada shuningdek uran sanoatining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni, eksport salohiyati va kelajakda rivojlanish istiqbollari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari uran sanoatini barqaror rivojlantirishda geologik izlanishlarning ahamiyatini tasdiqlaydi.
This article, discusses the issues of intercultural communication in teaching English. In the era of globalization, English language proficiency is becoming not just a tool for linguistic communication, but also a bridge for intercultural interaction. However, when teaching English, serious problems often arise specifically related to intercultural communication. These barriers can hinder not only language progress, but also the formation of full-fledged intercultural competence among students.