International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



O‘ZBEKISTONDA QURILISH SANOATI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida qurilish sanoatining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan, qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Qurilish jarayonlarida avtomatlashtirish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkorlikni ta’minlash, raqamli boshqaruv tizimlarini shakllantirish hamda xalqaro standartlarga mos qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar orqali qurilish korxonalarining samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va sifat nazoratini kuchaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kadrlar malakasini oshirish va xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali O‘zbekiston qurilish sanoatini mintaqadagi raqobatbardosh tarmoqqa aylantirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.


10.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
XALQARO STANDARTLASHTIRISH TALABLARI ASOSIDA QURILISH SINOV LABORATORIYALARINING FAOLIYATINI BAHOLASH

Ushbu maqolada O’zbekistonda muvofiqlikni baholash tizimi, O’zbekiston akkreditatsiya markazi DM faoliyati, muvofiqlikni baholash organlari, qurilish sinov laboratoriyalari xalqaro talablar asosida faoliyatini baholash va sohadagi mavjud muammolar va ularga amaliy takliflar keltirilgan.


10.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
HOZIRGI O‘ZBEK TILINING QO‘SHMA GAP SINTAKSISI

Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarning tuzilishi, mazmuniy va grammatik xususiyatlari, ularning tasnifi hamda nutq jarayonidagi funksional imkoniyatlari ilmiy uslubiga asoslangan holda tadqiq qilinadi. Qo‘shma gaplarning tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni bog‘lovchi vositalar, mazmuniy munosabatlar va uslubiy ahamiyat ilmiy misollar asosida yoritiladi.


06.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
SO‘NGI YILLARDA PATENTLANGAN IXTIROLAR

Mazkur ilmiy maqolada innovatsiyalar va ixtirolarning texnik taraqqiyotdagi o‘rni hamda ixtiro tushunchasining asosiy mezonlari ilmiy jihatdan yoritiladi. O‘zbekistonning amaldagi patent qonunchiligi, ixtirolarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi va so‘nggi patent ma’lumotlari tahlil qilinadi. Shuningdek, patentlangan va rad etilgan talabnomalarning ochiq e’lon qilinishi yangi ixtirochilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati asoslanadi.


06.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
TURLI MAMLAKATLARDA O’QITUVCHILARNI TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINING TAQQOSIY TAHLILI.

Maqolada turli mamlakatlarda o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogning kasbiy kompetensiyasi va uzluksiz rivojlanishi muhim omil sifatida baholanadi. Finlyandiya, Yaponiya va AQSh tajribalari O‘zbekiston tizimi bilan qiyoslanib, o‘xshash hamda farqli jihatlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilar malakasini oshirishni takomillashtirish va xalqaro tajribalarni milliy sharoitga moslashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.


06.12.2025 Volume 4 Issue 12 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor