Maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining ahamiyati, buxgalteriya hisobida aks ettirilish tartibi hamda ushbu jarayonlar ustidan audit nazoratini samarali tashkil etish zaruriyati yoritilgan. So‘nggi yillarda bank xizmatlarining raqamlashtirilishi ortidan naqd pulsiz to‘lovlar ulushi keskin oshmoqda, bu esa banklarning moliyaviy hisobot tizimi va audit yondashuvlarini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirishni taqozo etadi. Maqolada amaldagi hisob va audit tizimidagi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Jumladan, hisob operatsiyalarini avtomatlashtirish, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli audit vositalarini joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar asoslab berilgan.
Ushbu ilmiy maqola tijorat banklarining moliyaviy boshqaruvi tizimida muhim o‘rin egallovchi operatsion xarajatlar auditi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “O‘zmilliybank” AJ misolida mazkur audit faoliyatining holati chuqur tahlil qilinadi. Operatsion xarajatlar – bu bankning asosiy faoliyatini yuritish bilan bog‘liq muntazam ravishda yuzaga keladigan harajatlar bo‘lib, ularni aniq va shaffof nazorat qilish bankning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada, bir tomondan, operatsion xarajatlarning turlari, ularni hujjatlashtirish, tahlil qilish va audit qilish jarayonlari yoritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, amaliyotda uchrayotgan dolzarb muammolar – elektron monitoring tizimlarining yetarli darajada rivojlanmagani, audit xulosalari va natijalari asosida tezkor boshqaruv qarorlarining qabul qilinmasligi, indikatorlarning mavjud emasligi kabi holatlar ochib berilgan. Shuningdek, maqolada operatsion xarajatlar auditi tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, bankda ichki audit funksiyasini raqamlashtirish, KPI indikatorlar asosida xarajatlar samaradorligini baholash, auditorlar malakasini oshirish va xalqaro tajribalardan foydalanish orqali audit sifatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida korporativ obligatsiyalar bozorining shakllanishi, hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari o‘rganiladi. Korporativ obligatsiyalar real sektorda faoliyat yurituvchi korxonalar uchun muqobil moliyalashtirish manbai sifatida qaraladi. Mamlakatda ushbu bozor hali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, jumladan, huquqiy baza, investitsion muhit, emitent va investorlar faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida O‘zbekiston sharoitida korporativ obligatsiyalar bozorini takomillashtirishga doir takliflar berilgan.
Статья исследует актуальные вопросы расследования наркопреступлений в интернете в Республике Казахстан и Республике Узбекистан. Основное внимание уделяется взаимодействию органов уголовного преследования с телекоммуникационными и информационными службами для выявления IP-адресов, местонахождения подозреваемых и установления операторов мобильной связи. Рассматривается проблематика бесконтактного сбыта наркотических средств, которая актуализировалась в связи с распространением интернет-технологий и цифровых платформ, таких как социальные сети, мессенджеры и интернет-магазины. Автор анализирует законодательные рамки расследования наркопреступлений в интернете, включая необходимость регистрации процессуальных действий и их соответствие уголовно-процессуальному законодательству РК и РУ. Освещается важность правильного оформления документов, которые должны соответствовать требованиям уголовно-процессуального кодекса, для признания их доказательственной значимостью. В заключение автор предлагает ряд изменений в уголовно-процессуальное законодательство Республики Казахстан и Республики Узбекистан, направленных на усиление эффективности расследований и улучшение взаимодействия правоохранительных органов с другими организациями и гражданами.