Ushbu maqolada o‘quv markazi loyihalarini amalga oshirishda uchrashi mumkin bo‘lgan asosiy risk omillari va daromadlilikni aniqlovchi moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Ta’lim xizmatlari sohasida xususiy sektorga oid loyihalarning samaradorligini baholashda risklarni aniqlash, ularni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish va iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida foyda prognozlarini tuzish muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda Net Present Value (NPV), Internal Rate of Return (IRR), Payback Period kabi moliyaviy baholash vositalari yordamida o‘quv markazining daromadlilik darajasi aniqlanadi. Shuningdek, mazkur loyihalar uchun xos bo‘lgan bozor, moliyaviy, operatsion va yuridik xavflar chuqur tahlil qilinadi. Maqola yakunida ushbu risklarni minimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Ushbu ilmiy maqola tijorat banklarining moliyaviy boshqaruvi tizimida muhim o‘rin egallovchi operatsion xarajatlar auditi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “O‘zmilliybank” AJ misolida mazkur audit faoliyatining holati chuqur tahlil qilinadi. Operatsion xarajatlar – bu bankning asosiy faoliyatini yuritish bilan bog‘liq muntazam ravishda yuzaga keladigan harajatlar bo‘lib, ularni aniq va shaffof nazorat qilish bankning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada, bir tomondan, operatsion xarajatlarning turlari, ularni hujjatlashtirish, tahlil qilish va audit qilish jarayonlari yoritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, amaliyotda uchrayotgan dolzarb muammolar – elektron monitoring tizimlarining yetarli darajada rivojlanmagani, audit xulosalari va natijalari asosida tezkor boshqaruv qarorlarining qabul qilinmasligi, indikatorlarning mavjud emasligi kabi holatlar ochib berilgan. Shuningdek, maqolada operatsion xarajatlar auditi tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, bankda ichki audit funksiyasini raqamlashtirish, KPI indikatorlar asosida xarajatlar samaradorligini baholash, auditorlar malakasini oshirish va xalqaro tajribalardan foydalanish orqali audit sifatini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada bank plastik kartalari orqali ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlarning ahamiyati, amaldagi holati va ularni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarining raqamli xizmatlar sohasi bo‘yicha olib borayotgan ishlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bayon etiladi. Xususan, mobil ilovalar orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, balans nazorati kabi xizmatlar qamrovi va samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida milliy tizimda raqamlashtirishni chuqurlashtirish, mijozlar xavfsizligini ta'minlash va xizmatlar sifatini oshirishga doir takliflar ilgari suriladi.