This article examines the role of active teaching technologies in the socialization of personality based on the IMRAD model. The study analyzes the theoretical foundations of active learning technologies and their impact on social adaptation, communication culture, cooperation, and social activity. Observation, surveys, and pedagogical experiments were used as research methods. The results demonstrate that active teaching technologies effectively contribute to the socialization of learners. The conclusions emphasize the importance of integrating active learning technologies into modern education.
Mazkur maqolada akademik eshkak eshuvchilarning mashgʻulot jarayonida qoʻllaniladigan mashgʻulot vositalari va yuklamalarni rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport mashgʻulotlari nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy ilmiy manbalar, yetakchi mutaxassislarning qarashlari hamda yuqori malakali eshkak eshuvchilar tayyorgarligi tajribasi oʻrganildi. Mashgʻulot yuklamalarining hajmi, intensivligi, yoʻnaltirilganligi va ularning sportchilarning funksional holatiga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, yillik, oylik va haftalik mashgʻulot rejalashtirishda yuklamalarni optimallashtirish masalalari yoritildi. Tadqiqot natijalari akademik eshkak eshuvchilarning sport mahoratini oshirish, jarohatlanish xavfini kamaytirish va musobaqa faoliyatida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada akademik eshkak eshish sportida zamonaviy qo‘shimcha qurilmalar va sport gadjetlaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Mashg‘ulot va musobaqa jarayonida qo‘llaniladigan elektron kuzatuv vositalari, yurak urish chastotasi monitorlari, GPS tizimlari, kuch va tezlik sensorlari sportchilarning texnik, jismoniy hamda funksional tayyorgarligini oshirishdagi o‘rni yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari sport gadjetlari mashg‘ulotlarni individuallashtirish, yuklamani optimallashtirish va sport natijalarini yaxshilashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada yoshlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik sabablari, kelib chiqish omillari va yakuni to‘g‘risidagi huquqiy asoslari va psixologik kelib chiqish sabablari ham ochiqlangan. Maqolaning asosiy maqsadi — yoshlarning jinoyatga moyilligiga sabab bo‘luvchi psixologik omillarni aniqlash, ularni tizimli tahlil qilish va ularning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida jadid adiblari ijodini STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi asosida o‘qitishning metodik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda fanlararo integratsiya, loyiha va muammoga asoslangan ta’lim hamda amaliy hamkorlik faoliyati orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Tajriba-sinov natijalari STEAM yondashuvining jadid adabiyotini o‘qitishda samarali metodik vosita ekanini tasdiqlaydi.