Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi, Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar yuritilgan.
Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining mazmuni, uning shakllanishi va rivojlanish jarayoni, huquqiy ong va madaniyatning ahamiyati, ta’lim tizimidagi roli hamda xorijiy, xususan Buyuk Britaniya tajribasi misolida yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib fuqarolik ongini oshirish taklif etiladi O‘zbekistonda.
Mazkur maqolada xalqaro arbitraj tizimi va transmilliy nizolarni hal etish jarayonida advokatlarning o‘rni va ularning vakillik faoliyatining ahamiyati tahlil qilingan. Arbitrajning xalqaro huquqdagi o‘rni, advokatlarning professional mas’uliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro arbitraj tizimiga integratsiyalashuvi jarayoni yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda xalqaro tajriba asosida advokatlarning amaliy roli ochib berilgan.
Maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin” devonida antroponimik birliklarning qo‘llanilishi, shoirning bunday nomlarni qo‘llashdan ko‘zlagan maqsadlari misollar asosida tahlil qilingan. Bunda, asosan, diniy nomlar (payg‘ambarlar, avliyolar va Qur’onda nomi keltirilgan kishilar) izohining lingvistik xususiyatlari tahlilga tortilgan.