Ushbu maqolada madaniyat va shaxs tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Shaxsning shakllanishida madaniyatning o‘rni, xususan oila, ta’lim, diniy va milliy qadriyatlar, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, madaniyatning shaxsni shakllantirishdagi roli bilan bir qatorda, shaxsning madaniyatni boyitishdagi ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy va zamonaviy misollar orqali shaxs va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslanadi.
Ushbu maqola o'z o'ziga qo'shma qismiy integral operatorlarning cheksiz xos qiymatlari spektral xususiyatlarini chuqur matematik tahlil qilishga bag'ishlangan. Funksional tahlil va operator nazariyasining muhim yo'nalishi sifatida, qismiy integral operatorlar nazariyasi matematik fizika, kvant mexanikasi va integral tenglamalar nazariyasida keng qo'llaniladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, qismiy integral operatorlarning xos qiymatlari ma'lum asimptotik qonuniyatlarga bo'ysunadi va ularning spektral xususiyatlari operator yadrosi va aniqlanish sohasining geometrik xususiyatlari bilan chambarchas bog'liqdir.
Ekologik muhit omillari, jumladan ifloslanish va zararli kimyoviy moddalarning inson genetik materialiga ta’siri irsiy kasalliklar yuzaga kelish xavfini oshiradi. Atrof-muhit sharoitlari va genetik moyillik kasalliklarning rivojlanishida birgalikda muhim rol o’ynaydi. Profilaktik choralar orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash va irsiy kasalliklarning oldini olish mumkin. Tadqiqotlar sog’lom avlodni shakllantirishda ekologik omillarning ahamiyatini ko’rsatadi.
Maqolada asosan Vatanimiz hududida paydo bo‘lgan ilk muzeylar hamda ularning vazifalari, muzey ashyolarini kelgusi avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzey ishlarini rivojlantirishga bo‘layotgan e’tibor, muzeylarning faoliyat turiga qarab turlarga bo‘linishi, Surxondaryo O‘lkashunoslik muzeyining tashkil etilishi tarixi va faoliyati haqida ilmiy tahlillar yuritilgan.
Mazkur maqolada arab tilining ilm-fan va din sohalaridagi terminologik ahamiyati, tarixiy shakllanish jarayoni hamda zamonaviy ilmiy nutqdagi o‘rni tahlil qilinadi. Arab tili ming yillar davomida nafaqat diniy bilimlarning, balki falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlarning asosiy ilmiy ifoda vositasi bo‘lib kelgan. Maqolada arab terminologiyasining jahon ilmiy tafakkuriga ta’siri, uning o‘zbek va boshqa tillardagi ilmiy so‘z boyligiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, arab tili bugungi kunda ham ilmiy an’ana va diniy merosni birlashtiruvchi universal ilmiy til sifatida tahlil etiladi.