Mazkur maqola XXI asrning dolzarb muammolaridan biri- ekologik muammolar, oqibatlari va ularning yechimlariga bag’ishlangan bo’lib, xalqaro tashkilotlar tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar hamda O’zbekiston misolida Orol muammosiga alohida to’xtab o’tilgan.
Ushbu maqolada, Ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar sportni rivojlantirishga yangi yondashuvlarni taklif etadi.Sportchi talabalarning sport mahoratini oshirish nafaqat ularning jismoniy tayyorgarligini, balki psixologik va ijtimoiy holatini yaxshilashni ham o'z ichiga oladi. Ushbu jarayonda ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar o'rtasidagi integratsiya sportchilarning o'sishini ta'minlashda katta rol o'ynaydi.Bu ilmiy tadqiqotda, sportchilarning mahoratini oshirishda ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlarning ahamiyati va bu fanlar asosidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalari muhokama qilinadi.
Ushbu maqola maktabda chet tillarini o'qitish bilan bog'liq muammolarni ko'rib chiqishga yordam beradi. Ya'ni, maktab o'quvchilarining diqqatini chet tilini o'rganishga qanday jalb qilish, talabalar va o'qituvchi o'rtasidagi masofani qanday olib tashlash mumkin. Muallif o‘quvchilar bilan do‘stlashish, ularning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yo‘naltirish imkonini beruvchi o‘yin daqiqalariga alohida e’tibor qaratgan.
Maqolada Islom ayollarga taqdim etgan asosiy huquqlarni — hayot huquqi, sha’nini himoya qilish, meros, mulkka egalik qilish va tasarruf etish, mahr olish, nafaqa, nikohga rozilik berish, ta’lim olish, ijtimoiy va diniy faoliyatlarda ishtirok etish huquqlarini atroflicha yoritib beriladi. Shu bilan birga, ayollarning oila va jamiyatdagi majburiyatlari — oilani saqlash, farzandlarni tarbiyalash, erga itoat va uy ishlarini boshqarish kabi jihatlari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada davlatning inson huquqlarini ta’minlashdagi asosiy majburiyatlari va Konstitutsiyaning inson manfaatlariga xizmat qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda konstitutsiyaviy tamoyillar, xalqaro majburiyatlar va davlatning ichki siyosatidagi inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Konstitutsiya inson manfaatlarini kafolatlovchi asosiy hujjat ekanligi, uning hayotga tatbiq etilishi jarayonlari misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, sud tizimi va huquqiy davlat tamoyillarining inson huquqlarini ta'minlashdagi o‘rni ham tahlil qilingan.