Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini harakatli o‘yinlar orqali takomillashtirishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Jismoniy tarbiya bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada harakatli o‘yinlar, ularning turlari va foydalari haqida so‘z yuritilib, bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda qanday qilib samarali foydalanish mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi. O‘yinlar orqali bolalar mushaklarni rivojlantirish, muvozanatni saqlash, hamkorlik qilish va stressni kamaytirish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar. Ushbu tadqiqot natijalari o‘qituvchilar va ota-onalar uchun jismoniy faoliyatni rag‘batlantirishda muhim yo‘riqnoma bo‘lishi mumkin.
Shartnomaviy munosabatlar keng tarmoqli tushuncha bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar, subyektiv, obyektiv jihatlarga qarab turli xil ko‘rinishlarda tahlil qilinishi mumkin. Shu bilan birga yuqoridagilarni inobatga olib normativ jihatdan tartibga solinishi mumkin. Sport sohasida shartnomaviy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari, shu bilan birga ularning turlar, holati hamda boshqa bir qancha holatlarini tahlil qilish bilan bir sport sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning boshqa munosabatlardan farqli jihatlarini keltirish mumkin.
Ushbu tadqiqot xalqaro sport tashkilotlari (XST) faoliyatida yuzaga keladigan asosiy muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Tadqiqotda korrupsiya, dopping, siyosiy aralashuv, moliyaviy qiyinchiliklar va tengsizlik kabi muammolar tahlil qilindi. Adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil va ekspertlar fikrini so‘rash usullari qo‘llanilgan holda, ushbu muammolarni hal etish uchun shaffoflikni oshirish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish, doppingga qarshi kurashni kuchaytirish, siyosiy aralashuvni taqiqlovchi qoidalarni qat’iy qo‘llash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va teng imkoniyatlarni yaratish kabi chora-tadbirlar taklif etildi. Ushbu chora-tadbirlar XSTlarning faoliyatini yaxshilash va sportning halolligi va barqaror rivojlanishini ta’minlashga yordam berishi kutilmoqda.
Mazkur maqolada O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining holati va ularni takomillashtirish zarurati tahlil qilingan. NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning ko‘pligi, tarqoqligi va o‘zaro nomuvofiqligi ularning samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini asoslab berilgan. Shuningdek, NNTlarning tashkiliy-huquqiy shakllarini aniq belgilashdagi muammolar, yuridik terminlarning chalkashligi, ayrim shakllarning qonunchilikda noto‘g‘ri tasniflanishi kabi muhim masalalarga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot ishida xalqaro huquq tajribalariga asoslangan holda NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi yagona kodeks ishlab chiqish, “NNT to‘g‘risida”gi qonunga yangi modda va ta’riflar kiritish, shuningdek “NNT” atamasini “jamoat tashkilotlari” bilan almashtirish kabi takliflarni ilgari surilgan. Maqola NNTlar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga oid dolzarb ilmiy-amaliy masalalarni yoritadi.