Mazkur maqolada “Yashil iqtisodiyot” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarda buxgalteriya hisobining roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Qurilish va infratuzilma sohalarida ekologik barqaror investitsiyalarni amalga oshirishda xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish, ekologik samaradorlikni aniqlash va moliyaviy natijalarni baholash masalalari yoritiladi. Shuningdek, jahon tajribasi asosida yashil investitsiyalarni moliyalashtirish, ekologik xarajatlarni buxgalteriya tizimida aks ettirish hamda ularning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish usullari o‘rganiladi. Maqola yakunida O‘zbekistonda yashil investitsiya loyihalarini tahlil qilishda buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Yashil iqtisodiyot – bu tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqtisodiy o‘sishni uyg‘unlashtirishga qaratilgan rivojlanish yo‘nalishidir. U barqaror rivojlanishni ta’minlab, ekologik xavfsizlik, ijtimoiy farovonlik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, yashil iqtisodiyot kelajak avlodlar uchun barqaror taraqqiyot kafolatidir.
Ushbu maqolada Amudaryo oʻrta oqimidagi toʻgʻonsiz suv olish inshshoti quyi soxasida kechayotgan deformasion jarayonlarini tahlil qilish uchun dala tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan. Olib borilgan tadqiqot ishlarida daryo oqimining morfometrik koʻrsatkichlari aniqlangan. Shuningdek toʻgʻonsiz suv olish sohasidagi deformasion jarayonlarining oldini olish uchun oqiziqlar jarayonlari oʻrganilib, daryoning gidrodinamikasi tahlil qilingan.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tishning dolzarb masalalari, istiqbollari va muammolari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot kontseptsiyasining nazariy mohiyati, uning barqaror rivojlanish, ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, mamlakatda energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, suv resurslarini boshqarish va ekologik innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishidagi amaliy chora-tadbirlar va muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tishning imkoniyatlari va rivojlanish strategiyalari ilmiy asosda tahlil etiladi.