Ushbu maqolada o‘zbek xalqining milliy ust kiyimi — choponning kelib chiqishi, tarixiy ildizlari, shakllanish jarayoni va madaniy ahamiyati keng yoritilgan. Choponning Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tutgan o‘rni, uning turli davrlarda ijtimoiy maqom, estetik did va hunarmandchilik an’analari bilan bog‘liq jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, choponning turlari, bezaklari, ramziy ma’nolari, hududiy farqlari hamda zamonaviy modadagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada muzeylarda saqlanayotgan choponlarning etnografik va badiiy qiymati, ularning milliy merosni asrash va targ‘ib etishdagi roli ham alohida o‘rin egallagan. Choponning xalq hayotidagi o‘rni, marosimlardagi ahamiyati hamda bugungi kunda modadagi qayta talqinlari keng ko‘rib chiqiladi.
Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilarnida emotsional va akademik rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llash masalasiga bag‘ishlangan. O‘quvchining emotsional sohasini rivojlantirishga qaratilgan metodalar, masalan ert-terapiya, o‘yinlar va relaksion mashqlar, shuningdek akademik texnologiyalar, differensial yondashuv, jumlaadan ko‘rgazmali materiallar va qadamma-qadam o‘rgatish tahlil qilingan. Maqolada inluziv ta’limda bu texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati, o‘quvchilarda bilim olish jarayonini yengillashtirish, motivatsiyani oshirish, mustaqillik va barqaror akademik natijalarga erishishdagi o‘rni takidlangan.
Цифровой технологии и образование цифровизация процессы к образованию равный уполномоченный вход принцип сделанный увеличить вклад добавлено. Это в статье идеальный интегрированный студенты особенный образование к потребностям в ответ цифровой трансформация в пределах инклюзивный образование текущий достичь сосредоточенный.
Mazkur maqolada voqeali ta’lim texnologiyasining nazariy asoslari va uning talabalarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida voqeali ta’limning mohiyati, ta’lim jarayonida real hayotiy vaziyatlardan foydalanish mexanizmlari hamda kompetensiyaviy yondashuv bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada talabalarda muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish, muloqotga kirishish, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda voqeali ta’limning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur maqolada bugungi kunda voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olishning chora-tadbirlari hamda samarali usullari tahlil etilgan. Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabablari yoritilib, unga tasir etuvchi omillar o‘rganiladi va misollar keltiriladi. Yoshlar jinoyatchiligi avvalo yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishdan boshlanishiga ilmiy mazmunda to‘xtalib o‘tildi.