PIRIMQUL QODIROVNING “ONA LOCHIN VIDOSI” ROMANIDA OBRAZLAR TAHLILI

Maqolada o‘zbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (2001) tarixiy romanida yaratilgan obrazlar tizimi badiiy-estetik tahlil qilinadi. Asarning markaziy timsoli – Gavharshod begim siymosi xalq og‘zaki ijodidagi “ona lochin” rivoyati bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilib, uning fidoyi ona, donishmand davlat arbobi va ma’rifatparvar shaxs sifatidagi qirralari ochib beriladi. Shuningdek, Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Husn Nigor xonim, Habiba Sulton begim va boshqa personajlarning xarakter dialektikasi, ruhiy olami, hamda ramziy ma’no kasb etishi tadqiq qilinadi. Tadqiqot natijasida Pirimqul Qodirov o‘zbek tarixiy romanchiligida ayol obrazi talqinining yangi qatlamlarini kashf etgan ijodkor sifatida e’tirof etiladi.


07.05.2026 Volume Issue View more Download
BOLALARDA ODONTOGEN FLEGMONALARNI MAHALLIY DAVOLASHDA SORBENTLARNING AHAMIYATI

Yuz-jag’ sohasidagi yallig'lanish kasalliklarining etilogiyasida patogen mikroflora asosiy o’rinni egallaydi, aksariyat hollarda og'iz bo'shlig'idagi shilliq qavatlarda, karioz bo’shliqlarida va parodontal cho'ntaklarda ko’proq uchraydi. Shu sababli, ko'p tadqiqotlar aynan bunday florani ajratib olish va o'rganishga qaratilgan.


07.05.2026 Volume Issue View more Download
ПРИМЕНЕНИЕ УЛЬТРАЗВУКОВОГО ОЧИЩЕНИЯ В СОЧЕТАНИИ С ИОНОФОРЕЗОМ В КОМПЛЕКСНОМ УХОДЕ ЗА КОЖЕЙ ЛИЦА

В современной косметологии возрастает интерес к неинвазивным методам улучшения состояния кожи. Одним из наиболее эффективных направлений является комбинированное применение ультразвукового очищения и ионофореза. Данный подход обеспечивает как поверхностную детоксикацию кожи, так и глубокое трансдермальное введение активных веществ. В статье рассмотрены механизмы действия, физиологические эффекты, протокол проведения процедуры, а также показания и противопоказания.


07.05.2026 Volume Issue View more Download
PRAGMATIC EQUIVALENCE AND TRANSLATION STRATEGIES AS NAUGHTY BOY BY GHAFUR GHULOM

This article explores the critical concept of pragmatic equivalence within the context of translating Ghafur Ghulom’s celebrated work, “Naughty Boy,” into English. It meticulously examines the various translation strategies employed to convey the original's implicit meanings, cultural nuances, and communicative intent across linguistic and cultural boundaries. By analyzing specific instances from the translated text, the study identifies how translators navigate challenges related to idiomatic expressions, humor, and social context to ensure the target audience experiences a comparable perlocutionary effect. The findings offer valuable insights into the complexities of literary translation, highlighting the strategic decisions necessary to achieve not just linguistic accuracy but also pragmatic fidelity in cross-cultural communication.


05.05.2026 Volume Issue View more Download
QURILISH LOYIHALARINI REJALASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN MA’LUMOTLARNI BOSHQARISH TIZIMLARIDAN FOYDALANISH

Mazkur ilmiy maqolada qurilish loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish samaradorligini oshirishda sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlarni boshqarish tizimlarining ahamiyati “O‘zbekneftegaz” AJ misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida neft-gaz sanoatiga xos murakkab qurilish loyihalarida uchraydigan asosiy muammolar, jumladan loyiha muddatlarining kechikishi, resurslardan samarasiz foydalanish, xarajatlarning ortib ketishi hamda ma’lumotlar oqimining yetarli darajada integratsiyalashmaganligi aniqlangan. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari, xususan mashinaviy o‘rganish, katta ma’lumotlar tahlili va aqlli boshqaruv tizimlaridan foydalanish orqali ushbu muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari asoslab berilgan. “O‘zbekneftegaz” AJ faoliyati misolida SI asosidagi tizimlarni joriy etish orqali loyiha boshqaruvining samaradorligini oshirish, risklarni kamaytirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish mumkinligi ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlarni boshqarish tizimlari qurilish loyihalarida vaqt va xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi, boshqaruv jarayonlarining aniqligi va shaffofligini oshiradi hamda umumiy samaradorlikni ta’minlaydi.


05.05.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor