This article examines the systematic features of anthroponyms (personal names) in English and Uzbek from a comparative linguistic perspective. It analyzes how naming systems in both languages are organized and how they reflect cultural values, social structure, and historical development. The study outlines the main components of the anthroponymic system—given names, surnames, patronymics/matronymics, and additional name elements such as nicknames and honorific forms—and describes their functions in identification, kinship marking, and social positioning.
Atrof-muhit ifloslanishi zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yuqumli kasalliklarning sezilarli qismi suv, havo va tuproqning biologik ifloslanishi bilan bog‘liq. Ushbu maqolada atrof-muhit ifloslanishining asosiy turlari, ular orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar, epidemiologik ahamiyati va profilaktika choralari ishonchli ilmiy manbalar asosida yoritilgan.
Ushbu maqolada ko‘zida nuqsoni bor o‘quvchilarga kimyo fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan an'anaviy yondashuvlarni inkluziv ta‘lim talablari asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida audio-taktil integratsiyaga asoslangan innovatsion o‘qitish modeli — Multisensorli Gibrid Model (MGM) taklif etiladi. Brayl yozuvi, uch o‘lchamli (3D) molekulyar modellar, audio-ta‘rifli laboratoriya ishlari va sensor ta‘lim elementlaridan foydalanishning ta‘lim samaradorligiga ta‘siri empirik ma‘lumotlar asosida isbotlanadi.
Ushbu maqola raqamli bank xizmatlari va fintech-larning zamonaviy bank tizimidagi rolini ilmiy tahlil qiladi. Maqola bank sektorida raqamlashtirish jarayoni, fintech yechimlarining joriy etilishi, ularning samaradorlik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’siri hamda banklar va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi integratsiyaning rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Natijalar raqamli bank xizmatlari va fintech integratsiyasi banklar resurslarini optimallashtirish, mijozlar bazasini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, uning huquqiy asoslari, amaliy natijalari va istiqboldagi vazifalari tahlil qilinadi. Yoshlar siyosati mamlakat taraqqiyotining strategik omili sifatida baholanib, ta’lim, bandlik, innovatsiya, ijtimoiy himoya va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi.