Ushbu maqolada Favqulodda vaziyatlar ro’y berganda tayyorgarlikning asosiy yo’nalishlaridan biri Favqulodda vaziyatlarda xarakat qilishga ma’naviy-ruxiy tayyorlash hisoblanadi. Insonning Favqulodda vaziyat sharoitiga tushib qolishi doimo uning ruhiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Tibbiyot statistikasi ma’lumotiga ko‘ra xalokatli Favqulodda vaziyatlardan so’ng ko’pchilik og’ir ruhiy jarohat oladi va ruhiy muolajaga muxtoj bo’ladi.
Qisqa masofaga yuguruvchilarning texnik tayyorgarligining muhim jihatlaridan biri bu tananing qismlari va bo‘g‘inlarining fazo va vaqtdagi harakatining xarakterini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarlikning fiziologik, biomexanik, pedagogik va psixologik tarkibiy qismlari ularning aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklari xususiyatini hisobga olmasdan o‘rganiladi, bu tadqiqot natijalarini birlashtirishni qiyinlashtiradi va yangi faktlarni tizimlashtirishni ta'minlamaydi.
Respublikamizda so’nggi yillarda aholini oziq-ovqat va boshqa qishloq xo’jaligi, xususan, sabzavot mahsulotlariga b’lgan ehtiyojini to’la qondirish maqsadida sabzavotchilik tarmo’ida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib muayyan natijalarga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo„ljallangan strategiyasida tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘g’itdan foydalanishning samarali tizimini joriy etish, tuproq unimdorligini saqlash va yanada oshirish choralarini ko’rish borasida muhim vazifalar ko’rsatib o„tilgan. Issiqxona tuproqlari unumdorligini oshirishning muhim yo‘llaridan biri organik chiqindilarning ekologik toza biokonservatsiyasi mahsuloti- biogumusdan oqilona foydalanishdir. Sabzavot ekinlari orasida Pomidor o‘simligi muhim o‘rin tutadi va u yurtimizda eng ko‘p ekiladigan ekinlar qatoridan joy olgan. Shuning uchun aholini yangi terilgan meva va konserva sanoatini hom-ashyoga bo‘lgan talabini qondirish uchun Pomidor ishlab chiqarish hajmini oshirish kerak bo‘ladi. Bunga nafaqat yangi serhosil navlarni yaratib, balki Pomidor yetishtirishning jadal texnologiyalarini joriy qilish orqali mahsulot tannarxini pasaytirgan holda hosildorlikni oshirish hisobiga erishish mumkin.