Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janri bo‘lib, ular xalqning madaniy, ijtimoiy va tarixiy merosini aks ettiradi. Bu janr til orqali yetkaziladigan obrazli ma’lumotlarga boy bo‘lib, til va madaniyat o‘rtasida chuqur bog‘liqlikni namoyon etadi. Ingliz va o‘zbek madaniyatlarida topishmoqlar uzoq tarixga ega bo‘lib, har birining til va madaniyatga xos o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek topishmoqlarining lingvistik xususiyatlari o‘rganiladi, ularning umumiy tomonlari tahlil qilinadi va farqlari aniqlanadi.
Pedagoglarning kasbiy kompetentligi asoslaridan biri o‘z tarkibida bilimlar, mahorat va shaxs sifatini belgilovchi unsur hisoblanib, ular doimo pedagogni harakatga keltirib turuvchi o‘z ustida ishlash, bilimlarini oshirib borish, har bir pedagogik vaziyatga ijodiy yondoshish hamda moslashish kabi imkoniyatlaridir.
Ushbu maqolada jinsiy sistema kasalliklarning yildan yilga yosh toifasini oʻzgarishi - ya'ni yosharishi haqida so‘z boradi. Masalan hozirgi kunda qiz bolalar va yosh qizchalarda ham jinsiy sistema kasalliklari kuzatiladi. Bu, hayz funksiyasining buzilishi va jinsiy aʼzolar rivojlanishidagi anomaliyalardir. Bunga, asosan, uning bolaligida boshidan kechirgan turli kasalliklari, noqulay turmush tarzi, hatto u ona qornidaligidayoq onasining birorbir jiddiy kasallik bilan ogʻriganligi sabab boʻlishi mumkin. Hayz funksiyasining buzilishi qizlarda hayzning kech yoki erta boshlanishi, nomuntazamligi, qon ketishi va hokazo lar bilan kechadi. Maqolaning mohiyatida jinsiy sistema kasalliklarning yildan yilga ko‘payishining oldini olish hamda ularni davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.
Ushbu maqolada bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari (prekantsereoz holatlar) va ularni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Patofiziologik o‘zgarishlar, diagnostik usullar, ularning samaradorligi hamda kasallik rivojlanish xavfini kamaytirish uchun olib boriladigan profilaktik tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy molekulyar va immunologik diagnostika usullari haqida ham so‘z yuritiladi.