Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazorati bo‘yicha vazifa va funksiyalarini yangi tahrirdagi Konstitutsiya (2023-yil) asosida tahlil qilgan. Tadqiqotda Senatning qonun ijrosini monitoring qilish, parlament so‘rovlari, tinglovlar va maxsus komissiyalar orqali nazorat mexanizmlari o‘rganilgan. Yangi Konstitutsiya doirasida Senat vakolatlarining kengayishi, xususan, parlament tekshiruvi institutining joriy etilishi tahlil qilingan. Maqola nazorat jarayonidagi muammolarni aniqlab, samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar bergan.
Рассмотрены виды тестовых заданий по филологическим дисциплинам и методика их создания, дано определение теста, пояснено понятие предметной области. Тестовые задания разделены на виды, приведены примеры. Показано, что компетентностные знания, умения и навыки студентов можно оценить на основе тестовых образцов.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini darsga jalb qilishda muammoli ta’lim metodlarining o‘rni va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida turli muammoli metodlar — muammoli savollar, aqliy hujum, rolli o‘yinlar va topshiriqlar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan faolligi va qiziqishi qanday oshishi ko‘rib chiqildi. Tajriba darslari asosida aniqlanishicha, muammoli metodlar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, savol berish va ijodiy yondashuvni shakllantiradi. Mazkur maqolada amaliy dars ishlanmasi, metodlar turlari va ularning qulayligi haqida konkret misollar keltirilib, boshlang‘ich ta’limda ushbu yondashuvni keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Suyaklar — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.